Toşkent şahar boş imom-xatibi lavozimida işlab kelayotgan Rahmatulloh domla Sayfuddinov lavozimidan ozod etildi.
Qayd etilişiça, öz arizasiga binoan Toşkent şahar boş imom-xatibi vazifasidan ozod etilgan. “Abu Saxiy” jome masjidi imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov şahar boş imom-xatibi vazifasini bajaruvçisi etib tayinlandi.
Maʼlumot uçun, Rahmatulloh domla Sayfuddinov 1975 yil 18 mayda Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida tuğilgan. 1992-1995 yillarda örta maktabni tugatgaç, Buxoro şahridagi Mir Arab madrasasida tahsil oldi. 1995-1997 yillarda talabalik davrida Toşkent şahri Şayxontohur tumanidagi “Oq tunikali” jome masjidida imom-xatiblik qilgan.
2001-2003 yillarda Imom Buxoriy nomidagi Toşkent islom institutida dars bergan. 2003 yilda Eronda ötkazilgan XIX Xalqaro Qurʼon musobaqasida iştirok etgan.
Qayd etilişiça, u faoliyati davomida Toşkent şahridagi “Xöja Alambardor”, “Minor” jome masjidlarida imom-xatib, yangi tayinlanişgaça esa Yunusobod tumani boş imom-xatibi va Yunusobod tumani "Mirza Yusuf" masjidi imom-xatibi lavozimlarida işlagan.









