Aeroportda törtta odam boş suyagi topildi

Aeroportda törtta odam boş suyagi topildi

Meksikaning Keretaro şahridagi xalqaro aeroportida jönatmalar içidan törtta odam boş suyagi topildi. Bu haqda mahalliy hukumatga tayanib “Reuters” xabar berdi.

“Milliy gvardiya rentgen apparatlaridan foydalangan holda kurerlik kompaniyalari (jönatmalar)ni tekşiriş davomida Keretaro aeroportida törtta odamning boş suyagini topdi”, deyiladi hukumat xabarida.

Qayd etilişiça, boş suyagi folga qoğozi bilan öralgan holda karton quti içidan topilgan. Heç qanday hujjat bölmagan.

Jönatma Meksikaning eng zöravon qismlaridan biri bölgan ğarbiy qirğoq böyidagi Miçoakan ştatidan AQŞning Janubiy Karolina ştatining Manning şahridagi manzilga yuborilgan.

Naşrga köra, milliy gvardiya boş suyaklari kimga tegişli ekani, yoşi va inson jasadlarini jönatiş sabablari haqida qöşimça maʼlumot bermagan.

Qöşimça qilinişiça, inson qoldiqlarini jönatiş uçun vakolatli soğliqni saqlaş organining maxsus ruxsati talab qilinadi.


Teglar:
×