Namanganda xonadonlardan birida yonğin sodir böldi. Oqibatda 1 nafar fuqaro vafot etdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar berdi.
Bugun, 31 dekabr kuni Namangan şahar “Baynalminal” mahallasidagi xonadonlarni birida yonğin sodir böldi. Kelib tuşgan xabarga asosan soat 07:25da yonğin qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borgan. Sodir bölgan yonğin qutqaruvçilar tomonidan soat 07:40da töliq bartaraf etilgan.
Yonğin oqibatida yaşaş uyiniing şift va tom qismidan 25 kvadrat metr joyi hamda uy jihozlari yonib zararlangan.
Yonğin vaqtida 1-guruh nogironi — 1997 yilda tuğilgan fuqaroning kuygan holdagi jasadi topilgan.
Hozirda sodir bölgan yonğin yuzasidan tergovga qadar suriştiruv işlari olib borilmoqda









