Namangan viloyatining Norin tumanida «Jiguli» avtomobilida yonğin çiqdi, deb xabar beradi viloyat FVB matbuot xizmati.
Maʼlum qilinişiça, 25 fevral kuni soat 21:33 da Norin tumani favqulodda vaziyatlar bölimiga «Çangitma» MFY hududida «Jiguli» avtomobili yonayotgani töğrisida xabar kelib tuşgan. Tuman FVB qutqaruvçilari zudlik bilan hodisa joyiga bitta öt öçiriş ekipajida yetib kelgan va yonğinni öçirgan.
Taʼkidlanişiça, yonğin oqibatida kuygan, tan jarohatlari olganlar yöq. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilmoqda.









