Özgidromet xabariga köra, 1 dekabrdan Özbekiston hududiga Ğarbiy Qozoğiston orqali Ural hududlari ustida şakllangan sovuq havo massasi kirib keldi. Keyingi kunlarda sovuq havoning kirib kelişi respublikaning barça hududlariga tarqaladi.
Bugun Özbekiston böyiça yoğingarçilik kutilmaydi, faqat toğ oldi va toğli hududlarda asosan qor körinişidagi yoğingarçilik böladi. Respublikaning eng janubiy qismining baʼzi joylarida biroz yomğir yoğişi mumkin. Kunduzi havo harorati 0...+5 daraja, şimolda -5…-2 daraja atrofida böladi.
Sovuq antitsiklon taʼsiri dam oliş kunlari ham saqlanib turadi. Havo harorati keçalari -7…-2 daraja, kunduz kunlari 0...+5 daraja, şimolda keçalari -13…-10 daraja, baʼzi joylarda -17…-15 daraja, kunduz kunlari -7…-2 daraja sovuq atrofida böladi.
Respublikaning barça hududlarida kuçsiz şamol bilan quruq ob-havo bölişi kutilmoqda.









