Şahzod Nurmatov (ism-şariflar özgartirilgan) ham talonçilikka qöl urib, jinoyatçiga aylandi. Vaholanki, u poytaxtimizdagi nufuzli restoranlarning birida oşpaz bölib işlayotgan va buning evaziga yaxşigina haq olayotgandi.
Öşa tunda Şahzod mijja qoqmadi. Taniş qizi bilan arazlaşib qolgani bois restoranda spirtli içimlik içdi. Keyin ijaraga olgan uyga borib, psixotrop dori vositasini ham qabul qildi. Tong azonda esa, taksiga ötirib, Sergeli tumanidagi «Korzinka» savdo majmuasi yoniga keldi.
Çamasi, yarim soat şu atrofda izğib yurgaç, yer osti yöliga tuşdi. Ayni şu mahalda Nasiba Hasanova yer osti yölidan ötib ketayotgandi. Şunda Şahzod tösatdan unga taşlanib, yuzu köziga muşt tuşira boşladi.
Qisqasi, talonçi N. Hasanovaga tan jarohati yetkazib, uning narxi 130 000 sömlik hamyoni, fuqarolik pasporti, narxi 180 000 sömlik «Inoi» rusumli uyali telefoni, 27 million sömi va 300 AQŞ dollarini talon-toroj qilib, hodisa joyidan yaşirinadi. Bu talonçilikdan jarohat olgan Nasiba Hasanova Sergeli tumani içki işlar boşqarmasiga murojaat qiladi.
Buni qarangki, bu talonçi kimsa hozirgina sodir etgan qilmişi bilan çeklanmay, yana yer osti yöliga qaytib keladi-da, jinoiy harakatlarini davom ettiradi. Bu gal u Valentina Boykoga dabdurustdan taşlanib, uning boş va yuz qismiga bir neça marta muşt tuşiradi. Söng butkul dovdirab, özini yöqotib qöygan ayolning sumkasi, 200 000 sömi, narxi 1 500 000 sömlik «RedMi S2» rusumli uyali telefonini olib, voqea joyidan qoçib ketadi. Jabrlanuvçi esa, darhol huquqni muhofaza qiluvçi idoraga murojaat qiladi.
Qisqasi, jinoyatçi tezda qölga olindi. Natijada jabrlanuvçilarga tegişli buyum va pullar qaytarildi. Talonçiga nisbatan jinoyat işi qözğatildi.
* * *
Nurafşon şahrida yaşovçi öttiz olti yoşli Abduraşid Abdurafiqov sud tomonidan öta xavfli retsidivist deb topilgan. Çunki u şu paytga qadar uç marta öğirlik, uç marta talonçilik, firibgarlik hamda haqorat qiliş jinoyatlarini sodir etib, olti marta jazoga tortilgan. Ammo bunga qaramay u ahloq tuzatiş jazosini ötayotib, yana eski «hunar»ini körsatdi.
Gap şundaki, Abduraşid eski tanişi Dilnura Yölçiyevaga avtomaşina sotib olişda yordam berişini aytadi. Bu taklif ayolga ham maʼqul tuşadi. Şundan söng D. Yölçiyeva uni jiyani Javlon Ibatov birga Sergeli tumanidagi «Isteʼmolda bölgan transport vositalari va ehtiyot qismlari bozori»ga jönatadi. Bozorda Javlon D. Yölçiyeva bergan plastik kartadan 4 500 000 sömni naqdlaştirib oladi.
— Pul menda tursin, sen öğirlatib qöyişing mumkin, — deydi A. Abdurafiqov.
— Yöq, pulni faqat maşina egasiga beraman, — deya könmaydi J. Ibatov.
Şunda Abduraşid kutilmaganda Javlonning qorniga zarb bilan muşt tuşiradi. Bu zarb natijasida Javlon çökkalab qolgaç, uning çöntagidan 4 500 000 söm pulni olib, qoçib ketadi.
Şundan söng Javlon röy bergan voqea haqida zudlik bilan ammasiga xabar beradi. Buni eşitgan D. Yölçiyeva Abduraşidga qönğiroq qiladi.
Lekin u uyali telefonini öçirib qöygan edi. Faqat u keçga tomon avtomaşinani ertaga olib borib beraman, deya elektron xabar yuboradi.
Biroq ertasi kuni ham, undan söng ham «hojatbaror»dan darak bölmaydi.
Şu bois Dilnura Yölçiyeva huquqni muhofaza qiluvçi idoraga murojaat qilib, A. Abduraşidovga qonuniy çora körişni söraydi. Oqibatda talonçiga nisbatan jinoyat işi qözğatildi.
Albatta, tilga olingan har ikki talonçilik jinoyat işlari böyiça Sergeli tumani sudida körib çiqilib, aybdorlarga nisbatan qonuniy jazo tayinlandi.
Şu örinda haqli savol tuğiladi: xöş, Ş. Nurmatov va A. Abduraşidov talonçilikka qöl urib, nimaga erişdi?
Javob aniq: heç narsa! Ularning topgani qonuniy jazo-yu, yuzşuvitlik böldi, xolos. Aslida hayotda har qanday jinoiy qilmiş kişini badnom qiladi. Şunday ekan, umrning har lahzasi qadriga yetib, ezgu va savob amallar bilan yaxşi nom qoldirişga ne yetsin!
Hamid Şamşiyev,
Toşkent şahar sudi sudyasi









