Jahonning turli davlatlarida korruptsiyani bartaraf etiş yölida bir qator samarali çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Biroq, qadimgi davrdan to hozirgaça “korruptsiya balosi” ni butkul yöqotadigan yeçim topilmadi.
Özbekistonda ham korruptsiya bilan boğliq jinoyatlar sodir etilgani haqidagi yangiliklar tez-tez quloğimizga çalinadi.
Jumladan, 2021-yil mobaynida Özbekistonda 91 nafar davlat xizmatçisi pora oliş bilan boğliq jinoyat sodir qilgan. Poraning eng kiçik miqdori 50 AQŞ dollari bölsa, eng yirigi 200 ming AQŞ dollarini taşkil etadi.
QALAMPIR.UZ tahririyati korruptsiya illatiga qarşi Özbekistonda va jahon hamjamiyatida qanaqa jazo turlari qöllanilayotgani haqidagi maʼlumotni siz bilan bölişmoqçi
Özbekiston Respublikasi pora olgan jismoniy şaxs Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 211-moddasiga köra 15 yilgaça ozodlikdan mahrum qilinişi mumkin.
Buyuk Britaniyada esa, poraxörlik töğrisidagi qonunni buzganlikda ayblangan korporatsiyalar va boşqa taşkilotlar çeksiz jarimaga tortilişi mumkin. Jismoniy şaxslar esa 10 yilgaça ozodlikdan mahrum etiladi.
Frantsiyaning korruptsiyaga qarşi kuraşiş qonunlarini buzganlik korporatsiyalar va boşqa taşkilotlarning 5 million yevrogaça jarimaga tortilişiga, jismoniy şaxslarning esa10 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişiga olib keladi.
Italiya qonunçiligiga köra, poraxörlikda ayblangan kompaniyalar 1 million yevrogaça jarima tölaydi. Jismoniy şaxslar 20 yilgaça qamoq jazosiga hukm qilinişi mumkin.
Dunyo hamjamiyatida şunday davlatlar borki, ular korruptsiyani yöqotiş uçun eng oliy jazo, ölim jazosini muntazam qöllab keladi. Korruptsiya uçun ölim jazosi, asosan, Osiyo va arab davlatlarida qöllaniladi. Hozirgi kunda bunday jazoni amalda qöllanilayotgan 22 ta davlat mavjud.
Bular:
Afğoniston, Bangladeş, Baxrayn, Belorussiya, Misr, Iordaniya, Iroq, Eron, Yaman, Xitoy, Quvvayt, Malayziya, BAA, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Şimoliy Koreya, Singapur, Suriya, Somali, AQŞ, Janubiy Sudan va Yaponiya.
Oxirgi yillar içida uşbu davlatlarda önlab poraxörlar “narigi dunyoga ravona qilindi”.
Xitoy qonunçiligiga binoan, ölim jazosi faqatgina 463 ming dollardan ortiq pora bilan yoki davlat mulkini öğirlaş bilan qölga tuşgan amaldorlarga nisbatan qöllaniladi. Masalan, joriy yil Xitoyda sobiq vazir poraxörlik uçun ölimga hukm qilingandi.
Jazoning bunday turi köpçilik davlatlarning Jinoyat kodeksida körsatilgan bölsada, ölim jazosi amalda har doim ham qöllanilavermaydi.
Lekin şunday davlatlar borki, ularda pora oliş şunçaki “jamoatçilik axloqi nuqtai nazariga töğri kelmaydi” deb hisoblaşadi.Agar mansabdor korruptsiya jinoyati bilan qölga tuşsa, unga şunçaki mansab kursilariga eltuvçi barça yöllar yopiladi. Bunga misol qilib Daniya va Finlandiya davlatlarini keltirişimiz mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq prokuror yordamçisi 1500 AQŞ dollari pora olayotganda uşlangani, Urganç hokimi örinbosari uyida 60 000 AQŞ dollari pora bilan qöllangani haqida xabar bergan edik.
Manba: Qalampir.uz









