Dunyo davlatlari qarzlari reytingida Özbekistonning holati qanday?

Dunyo davlatlari qarzlari reytingida Özbekistonning holati qanday?

Qarzning yalpi içki mahsulotga nisbati eng yuqori bölgan davlatlar röyxatida Özbekiston 153-örinni egalladi. Bu haqda Visual Capitalist maʼlumotlari darak bermoqda.  

2020 yilda COVID-19 butun dunyo böylab tarqala boşlaganidan beri global iqtisodiyot taʼminot zanjirlaridagi uzilişlar, tovarlar narxining özgaruvçanligi, mehnat bozoridagi muammolar va turizm daromadlarining pasayişi bilan sinovdan ötdi. Jahon banki hisob-kitoblariga köra, pandemiya natijasida 97 millionga yaqin odam öta qaşşoqlikka tuşib qolgan. Uşbu qiyin vaziyatda yordam beriş uçun dunyo hukumatlari yuqori soğliqni saqlaş xarajatlari, işsizlik, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş va biznesning omon qolişiga yordam beriş uçun öz xarajatlarini oşirişga majbur böldi. 

Mamlakatlar uşbu çora-tadbirlarni moliyaviy qöllab-quvvatlaş uçun yangi qarzlarni öz zimmalari oldi va bu yarim asrdagi global qarzning eng yuqori darajasiga olib keldi. 

Maʼlumotlarga köra, Yaponiya (256,9 foiz), Sudan (210 foiz) va Gretsiya (207 foiz) qarzning YAIMga nisbati eng yuqori bölgan davlatlar röyxatida yetakçilik qilmoqda. Ulardan keyingi örinlarda Eritreya (175 foiz), Kabo-Verde (160 foiz) va Italiya (154 foiz) qayd etilgan. 

Yaponiyaning qarz darajasi köpçilikni ajablantirmagan. 2010 yilda u qarzning YAIMga nisbati 200 foizga erişgan birinçi davlat bölgan va hozir bu körsatkiç 257 foizni taşkil etadi. 

Özbekistonda esa eng xavfsiz körsatkiçlardan biri kuzatilayotgani aytilgan. U röyxatda 153-örinni (38,9 foiz) egallagan. 

Davlat qarzining keskin oşib borayotgani taşvişga sabab bölmoqda. Umuman olganda, mamlakat qarzining yalpi içki mahsulotga nisbati qançalik yuqori bölsa, mamlakat öz qarzini tölamay qolişi ehtimoli şunçalik yuqori bölib, bozorlarda moliyaviy vahima keltirib çiqaradi. Uzoq vaqt davomida qarzning YAIMga nisbati 77 foizdan yuqori bölgan mamlakatlar iqtisodiy tanazzulni boşdan keçirgan.  

Maʼlumot örnida, 2020 yil oxiriga kelib, global qarz 226 trillion dollarga yetgan, bu Ikkinçi jahon uruşidan keyingi eng katta yillik ösişdir.

×