Özbekistonda sotuvga qöyilişi kutilayotgan «Chevrolet Onix» avtomobilining narxi 9 mingdan 12 ming AQŞ dollarigaça baholanmoqda, degandi «Uzavto Motors» kompaniyasi direktori v.b. Rustam Rajabov. Bugun, 1 noyabrdan boşlab «Chevrolet Onix» avtomobili uçun şartnoma beriş boşlangani eʼlon qilindi.
Rasmiy xabarda «Chevrolet Onix» avtomobilining narxlari QQSsiz körsatildi va 110 000 000 sömdan 165 180 000 sömgaça ekani maʼlum qilindi. QQS bilan hisoblanganda, ayni paytda şartnoma berilayotgan uşbu avtomobillar narxi 152 mlndan 190 mln sömgaça ekani oydinlaşdi.
«Soddalaştirilgan komplektatsiya»ga aldanmang, u hali mavjud emas. Bu qaçonki «yetarli miqdordagi arizalar kelib tuşgandan söng, kompaniya uşbu avtomobilni belgilangan tartibda işlab çiqarişga kiritiş masalasini körib çiqqani»dan keyin böladi, deb yozadi Kurbanoff.net blogi.
«Chevrolet Onix» avval vaʼda qilingan narxdan ançagina qimmat bölib çiqdi.









