Rossiya Prezidenti Vladimir Putin SSSRning milliy siyosatini şarhlab, ular sovet davrida ittifoq respublikalari xalqlarining madaniyati va iqtisodiyotini rivojlantiriş bilan şuğullanganligini taʼkidladi.
U bu masalani keça, 14 oktyabr kuni “Rossiya-Markaziy Osiyo” sammitida Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonovning nutqidan söng kötardi. Tojikiston Prezidentining fikriça, Markaziy Osiyo mamlakatlariga, jumladan, iqtisodiy hamkorlik sohasida yetarliça eʼtibor va hurmat körsatilmayapti.
“Men Imomali Şaripoviç aytgan gaplardan boşlamoqçi edim. Ha, haqiqatan ham, menimça, u katta darajada haq. Albatta, Sovet Ittifoqida milliy tillarda kitoblar naşr etilib, teatrlar oçildi, madaniyat va iqtisodiyot rivojlandi. Ammo bugun, albatta, biz barça formatlarimizni, şu jumladan, [yangi sammitning] formatini aniq mazmun bilan töldirişimiz kerak”, deydi Putin Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasidagi iqtisodiy hamkorlik haqida gapirarkan.
Uning sözlariga köra, bu uçraşuvdan maqsad şunçaki gaplaşiş emas, balki mintaqaviy loyihalar va ehtiyojlarni körib çiqiş, ularni mavjud imkoniyatlar bilan uyğunlaştiriş va nafaqat ikki tomonlama, balki mintaqaviy miqyosda ham ilgari surişdir. Şunda, Putin işonçi komilki, köp masalalarni katta samara bilan hal qiliş mumkin.
Tojikiston rahbari sammitda sözga çiqib, Sovet Ittifoqi parçalanişining asosiy sabablari haqida gapirgan edi.
“Öşa paytda ham, hozirgidek, kiçik respublikalar, mayda xalqlarga eʼtibor yöq edi. Anʼanalar, urf-odatlar va boşqa hamma narsa eʼtiborga olinmasdi”, deb taʼkidladi Tojikiston Prezidenti.
Uning sözlariga köra, bu mamlakatlar xalqlari u qadar köp aholiga ega bölmasa-da, ularning tarixi va madaniyati bor.
“Biz heç qaçon boş strategik hamkorimiz manfaatlarini buzmaganmiz, doimo hurmat qilib kelganmiz va hurmat qilamiz. Lekin bizni ham hurmat qilişlarini istaymiz”, dedyi Rahmonov.
U hozir Markaziy Osiyoga nisbatan sobiq Sovet Ittifoqidagidek siyosat yuritilmasligi kerak degan fikrda.
“Har bir davlatning öz muammolari, har bir davlatning öziga xos anʼana va urf-odatlari bor. Biz oltin örtalikni topişimiz, har bir respublika bilan alohida işlaşimiz kerak”, dedi Tojikiston Prezidenti.
Öz navbatida, Qozoğiston rahbari Qosim-Jomart Töqayev Sovet Ittifoqida ittifoq respublikalari, avtonom respublikalar, milliy hududlarni rivojlantirişga katta eʼtibor berilganini taʼkidladi. Uning sözlariga köra, bu, ayniqsa, taʼlim va soğliqni saqlaş sohasida yaqqol namoyon bölgan.
“Deyarli barçamiz Sovet davrida, jumladan, Moskva, Leningrad va Rossiyaning boşqa şaharlariga sayohatlar bilan taʼlim olganmiz. Ittifoq respublikalarida taʼlim darajasi juda yuqori edi”, deydi Töqayev.









