"PSJ" hujumçisi Lionel Messi frantsuz klubi bilan şartnomasini uzaytirişi mumkin, deb yozadi jurnalist Adriyen Grener özining Tvitter sahifasida.
Manbaga köra, futbolçi parijliklar klubidagi öyindan ötgan mavsumga qaraganda köproq qoniqiş hosil qilgan, şu bois u şartnomani uzaytiriş taklifini körib çiqişi mumkin. Biroq hozirça na "PSJ", na boşqa klublar hujumçi bilan aloqaga çiqmagan.
35 yoşli Messi joriy mavsumda "PSJ" safida 12 ta öyinda maydonga tuşib, 7 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oşirdi. Uning klub bilan şartnomasi 2023 yilning yoziga qadar möljallangan.









