Joriy yilning 1 oktyabr kuni Namangan viloyatining Pop tumanida yengil avtomobil va traktor töqnaşuvida ikki kişi halok böldi. Bu haqda Namangan viloyati IIB YHXB xabar berdi.
YTH soat 20:00 larda, A-373 “Toşkent-Öş” avtomobil yölining 293 kilometrida yuz bergan. Cobalt rusumli avtomobil haydovçisi Toşkent-vodiy yönalişida ketayotgan vaqtida harakat xavfsizligini taʼminlay olmay, özidan oldinda ketayotgan MTZ-80 rusumli traktorga borib urilgan.
Oqibatda Cobalt rusumli avtomaşinada bölgan 2 nafar yölovçilar, oğir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Avtomaşina haydovçisi va ikki nafar yölovçi tan jarohati olib şifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat böyiça Pop tuman IIB tergov bölimi tomonidan tergov qadar suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.









