Namanganda Cobalt çuqurga tuşib ketişi oqibatida yölovçi halok böldi

Namanganda Cobalt çuqurga tuşib ketişi oqibatida yölovçi halok böldi

Namangan viloyati Töraqörğon tumanida Cobalt çuqurlikka tuşib ketdi, deya xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati.

Maʼlum qilinişiça, 2021 yil 16 sentyabr kuni soat 15:00 larda Töraqörğon tumani «Şohidon» MFY içki yölida Namangan şahrida yaşovçi, 1998 yilda tuğilgan fuqaro Namangan şahridagi MÇJga tegişli bölgan Cobalt rusumli avtomaşinani yöl varaqasi bilan boşqarib borayotib, harakat xavfsizligini taʼminlay olmagan.

Şu tufayli yölning çap tomoniga çiqib ketib, dala maydonidagi çuqurlikka tuşib ketgan.

Oqibatda maşinada bölgan yölovçi oğir tan jarohati olib, şifoxonada vafot etgan.

Cobalt haydovçisi boş miya yopiq şikasti, öng çakka va bel sohalari ezilişi hamda avtomaşinada bölgan yölovçilar – Yangiqörğon tumanida yaşovçi, 2007 yilda tuğilgan fuqaro boş miya yopiş şikasti, öng çakka va bel sohalari ezilişi, Mingbuloq tumanida yaşovçi, 2005 yilda tuğilgan fuqaro boş miya yopiş şikasti, çap qöl bilak suyagini oçiq sinişi va Namangan tumanida yaşovçi, 2005 yilda tuğilgan fuqaro boş miya yopiq şikasti, kökrak qafasi yopiq şikasti, peşona sohasi yumşoq töqimalarini lat yeyişi taşxisi bilan tan jarohati olişib, şifoxonaga yotqizilgan.

Uşbu holat böyiça Töraqörğon tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 16 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam ölimiga sabab bölgan transport boşqariş va undan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

×