28 oktyabr kuni gazdan uzilgan issiqxonalar muammosi böyiça Şavkat Mirziyoyevning topşiriğiga binoan Administratsiya rahbari Sardor Umurzoqov majlis ötkazdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda uşbu yiğiliş audiosi tarqaldi.
Özbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari issiqxonalarda gaz taʼminoti ogohlantirişsiz uzilganini qattiq tanqid ostiga olib, tadbirkorlarning eʼtirozlari haqqoniy va adolatli ekanini taʼkidlagan.
«Bizga har bir dollar, har bir mahsulot havodek kerak. Hozir mahsulot pişayotgan vaqtda issiqxonalarni gazdan uzişimiz... Biz qaysi davrda yaşayapmiz? Davlatimiz rahbari kuyinib, «inson qadri» deyaptilar. Bizda inson qadri qani? Tadbirkor qadri qani? Qaysi bitta issiqxonaçining dardi eşitildi? Qaysi bir tadbirkorning muammosiga yeçim topildi? Faqat uyoqqa bor, buyoqqa bor. Toşkentga kelgan keçagi tadbirkorlar hududlardagi gaz taʼminoti taşkiloti tomonidan umuman ogohlantirişsiz gazdan uzilgan. Hozir ulardan sörasangiz, ogohlantirganmiz, deydi. Qanday ogohlantirgansizlar: borib ogohlantirib, şartta gazni uzgansiz. Eng yomoni, köp tadbirkorlarimiz gazning pulini oldindan tölab qöygan. Bu haqqoniy va adolatli eʼtirozlarni vujudga keltirdi. Yana tadbirkor yomon, kim yaxşi unda? Zöravonlik qilgan gaz xodimi yaxşimi?
Eng zaif va javob berolmaydigan qatlamni qurbon qilişga ahd qildik. Mayli, 1,5 foiz gazni iqtisod qildik, buning hisobiga eksportni va iş joylarini «öldirdingiz», kreditini tölolmay, tadbirkor bankrotga uçraydi. [Keyin] nima qiladi bular? Kim bularga javob beradi? Men bekorga hozir DXX rahbarlarini ham çaqirmaganman. Bu davlat xavfsizligiga tahdid qilyapti yoki notöğrimi? Ertaga eksportni davlatga kim tiklab beradi? Tadbirkorga daromadini kim tiklab beradi, kim kreditini qaytarib beradi?» – deydi Umurzoqov.
Yiğilişida aytilişiça, 4 ta viloyat – Buxoro, Navoiy, Samarqand va Toşkent viloyatlaridagi issiqxonalar gazdan uzilgan.
Maʼlum bölişiça, Sardor Umurzoqov Prezident administratsiyasining nazorat inspektsiyasi boşliği Saidlaziz Saidkarimov, Hisob palatasi raisining birinçi örinbosari Bahodir Turabov va boş prokuror Niğmatulla Yöldoşevga quyidagiça topşiriq bergan:
«Sizlarga topşiriq – mana şu 4 ta viloyatning «Hududgaz» boşqarmasi boşliqlari qilgan işlarni örganasizlar. Nimaga asosan qildi, faoliyatini tekşirib berasizlar.
Agar bitta kiçkina jinoyat alomati bölsa, söramasdan jinoiy javobgarlikka tortasizlar. Qonun doirasida. Menga yozib beribsizlar, ogohlantiriş, hayfsan… «Prosta tak» birortasi qutulmasligi kerak. Agar körsatmani rahbariga (qarşi) bersa, rahbarini ham javobgarlikka tortasizlar. Raismi, muovinmi, kim bölişidan qatʼi nazar», – deya taʼkidlagan administratsiya rahbari.
Sardor Umrzoqovning sözlariga köra, gazdan uzilgan issiqxonalar orqali 10 mingga yaqin aholi doimiy daromad va iş örni bilan taʼminlangan bölgan.
«Hozir men tilga olgan issiqxonalarda 10 mingga yaqin aholi iş bilan taʼminlangan edi. Ular nima böladi? 10 ming odam bu – oilasi bilan 50 ming odam degani. Şunça odam norozi va kambağallik darajasiga tuşib ketadi. 50 mingtasi ertaga köçaga çiqadi. Nimaga va kimga kerak bu?
Bizdagi «gaz-zapravkalar»ga qança öğirlanib, gaz sotilyapti. Özi vaqti keldi, buning hammasini kötarib, jinoiy javobgarlikkaça tortiş kerak. Qaçongaça bular gazni öğirlaydi? Narigi yoqda halol, peşona terini tökib, riskka borib, kredit olib mehnat qilayotgan odamlarning orqasidan 10 ming oilaning qozoni qaynayapti. Bu faqat töxtatilgani. Bular nonsiz qolişi, qiynalişi kerakmi?
Hammasini kötaring, «zapravka»niyam, boşqasiniyam. Vallomat bölmaydimi, kim bölişidan qatʼi nazar. Öğirlagan gazini tiyinigaça tiklatamiz», – degan Sardor Umurzoqov.
Şundan keyin Sardor Umurzoqovga hisobot bergan hukumat rasmiysi ayni paytgaça 48 ta issiqxona gazga ulangani va ulaş işlari davom etayotganini aytgan.
«Siz menga bugun kafolat xati yozib berasiz, tagiga har bir issiqxonaning nomi bilan yozib çiqasiz. Bittasi qolib ketsa ham, mendan xafa bölmaysiz», – deb unga javob bergan Umrzoqov.
Eslatib ötamiz, keça Prezident Şavkat Mirziyoyev issiqxonalarda gaz taʼminotini töğri yölga qöyiş böyiça Administratsiya rahbari Sardor Umurzoqovga topşiriq bergan edi.









