Özbekiston Respublikasining sobiq Boş prokurori Otabek Murodov ham ustozlari ortidan qamoqqa olindi. Avvaliga Raşidjon Qodirov, keyin Ixtiyor Abdullayev va nihoyat mana Otabek Murodov ham qamoqqa olindi.
«Jahon.uz» internet naşrining işonçli manbasi xabariga köra, Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz şahrida tavallud topgan, 44 yoşli sobiq Boş prokuror Otabek Murodov bundan ikki kun avval, yaʼni 18 sentyabr kuni tunda qamoqqa olingan.
Otabek Murodovga nisbatan uy qamoği ehtiyot çorasi qöllangan bölib, Sud tomonidan uning ehtiyot çorasi özgartirilgani va u qamoqqa olingani aytilmoqda.
Hozirda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan DXXning sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev «işi»ga Otabek Murodov aralaşgani yoki unga boğliq joyi bölganiyu bölmagani töğrisida rasmiy xabarlar yöq. Lekin, ayrim maʼlumotlarga köra, Otabek Murodov Toşkent şahridagi tumanlarning biridagi Jinoiy işlar böyiça sud raisi işga ötişida 100 ming AQŞ dollari miqdorida pora olgani taʼkidlanmoqda.
Bu haqda, na Oliy sud va na Toşkent şahar sudi yoki Boş prokuratura orqali ham maʼlumotni tasdiqlatiş imkoni bölmadi.
Otabek Murodovga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi tartibida jinoyat işi oçilganining özidan anglaş mumkinki, u poraxörlikda ayblanmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda esa köpçilik Otabek Murodovning yaxşi va samimiy inson bölgani, namunali oilaning tarbiyali farzandi bölganini ham taʼkidlab kelişadi.
Sud hukmi eʼlon qilingandagina voqealarning aniq tafsilotlarini bilib olişimiz mumkin, ungaça esa bu jinoyat işi tergov siri sabab ommaga oşkor etilmaydi, deyiladi manba xabarida. Manba: Aniq.Uz









