Barçamizga maʼlumki, Respublikamizda ayol huquqlarini himoya qiliş, ularni qöllab-quvvatlaş davlat siyosatining muhim yönalişi bölib, “Ayollar daftari”ni yuritiş orqali xotin-qizlar muammolarni hal etiş tizimi takomillaştirilib, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga huquqiy yordam körsatiş va maslahatlar beriş, huquqiy madaniyatini oşiriş hamda ularni tazyiq va zöravonlikdan himoya qilişga katta ahamiyat qaratib kelinmoqda.

Xususan, Namangan viloyat sudi hamda Namangan viloyat Adliya boşqarmasi hamkorligida 1-sonli FHDYO bölimi binosida taşkil etilgan tadbirda huquqiy yordam olişga muhtoj xotin-qizlar bilan davra suhbati ötkazildi. Davra suhbati jarayonida aziz onaxonlarimiz, ayollarimizning huquqiy doiradagi muammolarini hal etiş, ularga huquqiy maslahatlar beriş va huquqiy hujjatlarni rasmiylaştirişga kömak berildi.
Mazkur tadbirda Namangan viloyat sudi fuqarolik işlari böyiça sudlov hayʼati sudyasi B.Kasimov, iqtisodiy işlar böyiça sudlov hayʼati sudʼyasi R.Mamajonova, Namangan tumanlararo maʼmuriy sudining raisi O.Ziyavitdinov, Namangan tumanlararo iqtisodiy sudining sudʼyasi A.Dadaboyev, Namangan viloyat Adliya boşqarmasi vakili N.Yadgarova, 1-sonli FHDYO bölimi mudirasi F.Umataliyevlar iştirok etdilar.
Sudyalar tomonidan mazkur tadbirda huquqiy yordam olişga muhtoj har bir xotin-qizga faqat huquqiy maslahat bilan çeklanmasdan, balki huquqiy muammosining hal etiş bilan boğliq natijaga erişişga harakat qilindi.
Xotin-qizlar bilan muloqotlar jarayonida ularning huquqiy madaniyatini va huquqiy ongini oşiriş, mamlakatimizda qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tizimli va samarali tuşuntirib borişga ham ahamiyat berildi.
Kelgusida sudlar tomonidan “Qonunsiz nikoh va uning salbiy oqibatlari”, “Oilada xotin-qizlarga nisbatan zöravonlikni oldini oliş”, “Nikoh şartnomasining mazmun va mohiyati”, “Oila – jamiyat va davlat himoyasida” mavzularida davra suhbatlari, oçiq muloqotlar va boşqa huquqiy tadbirlar şahar, tumanlar kesimida ötkaziş rejalaştirilgan.
Muhayyo DEDAMIRZAYEVA,
Namangan viloyat sudining sudyasi









