Prezidentimiz tomonidan barça sohalarda olib borilayotgan tizimli islohotlar natijasida bugun davlat va jamoat taşkilotlari rahbarlari oddiy odamlar bilan doimiy muloqot örnatib, ularni qiynayotgan masala va muammolarni zudlik bilan bartaraf etiş, bu orqali odamlarning bugungi hayotidan rozi bölib yaşaşini taʼminlaş yönalişida tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Eng muhimi, xalqimiz, şu jumladan xotin-qizlar turmuş darajasi va sifatini oşiriş masalasi davlatimiz siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylandi.

Xotin-qizlarning bandligini taʼminlaş, ularni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandçilikka keng jalb etiş, nogironligi bölgan ayollarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam körsatiş, huquqbuzarliklarning oldini oliş, jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod qilingan xotin-qizlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslaşişini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Namangan viloyat sudi va Namangan şahar IIO FMB hamkorligida ötkazilgan uçraşuv ham aynan ana şu masalalar doirasida taşkil etilib, tadbirga Namangan şahrining 3-sektori hududida yaşovçi “Ayollar daftari”ga kiritilgan huquqiy himoyaga va psihologik kömakka muhtoj ayollar taklif etildi.

Muloqotda viloyat sudi jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy işlar böyiça sudlov hayʼati sudyalari, fuqarolik, jinoyat işlari böyiça tumanlararo, tuman sudi sudyalari iştirok etişdi.
Namangan şahar IIO FMB boşliği F.Ğaniyev mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini oşiriş, ularning turli soha va tarmoqlarda öz qobiliyat va imkoniyatlarini röyobga çiqarişi uçun şart-şaroit yaratiş, huquq va qonuniy manfaatlariga sözsiz rioya qilinişini taʼminlaş, onalik va bolalikni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, şuningdek, oila institutini mustahkamlaş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilayotganiga eʼtiborni qaratdi.
Viloyat sudi sudyasi M.Tölanov xotin-qizlar örtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikning oldini oliş böyiça samarali çoralar işlab çiqilgani, ularning huquqiy madaniyatini oşiriş, yuridik maslahatlar beriş borasida sudyalar tomonidan joylarda muntazam ravişda uçraşuvlar ötkazilayotganini taʼkidladi.
Tadbir davomida oilaviy ajrimlarni, erta nikohning oldini oliş xususida ham söz yuritilib, psixologik kömakka muxtoj ayollar bilan mutaxassislar tomonidan suhbatlar ötkazildi.
Uçraşuvda şaxsiy murojaat yuzasidan ayollar bilan alohida qabul ham taşkil etilib, uç nafar ayolning murojaati öz örnida hal etildi. Namangan şahar sudi sudyasi E.Pirmatov tomonidan ularning arizalari körib çiqilib, murojaatçilar muddatidan oldin jazodan şartli ravişda ozod qilindi.

Jumladan, Q.S.ning turmuş örtoği N.M. 2020 yilda karantin qoidalarini buzganligi sababli içki işlar va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan töxtatilib, unga nisbatan maʼmuriy bayonnoma tuzilayotgan vaqtda Q.S. voqea joyiga kelib, xizmat vazifasini bajarayotgan xodimlarni haqoratlagan, profilaktika inspektorining xizmat kiyimi pagonini yulib olgan.
Q.S. özining bu qilmişi bilan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etadi. Mazkur jinoyat işi jinoyat işlari böyiça Namangan şahar sudi tomonidan atrofliça körib çiqilib, aybdorga nisbatan uşbu modda sanktsiyasida 3 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlanib, jazoni ötattiriş uçun Namangan şahar probatsiya bölinmasiga hisobga olingan edi.
Q. S. jazoni ötaş vaqtida tartib-qoidalariga töliq rioya etib, qatʼiy tartibda tuzaliş yöliga ötgani, doimiy ravişda bölinma va profilaktika inspektorlari nazoratida bölib jazoni ötaş tartibini buzmaganligi sababli ötalmay qolgan 1 yil 11 oy jazo muddatidan oldin şartli ravişda ozod etildi.
Tadbirda iştirokçilar özlarini qiynab kelayotgan muammolar böyiça huquqiy tuşuntirişlar ham olişdi.
Namangan viloyat sudi jamoatçilik va OAV bilan aloqalar bölimi









