NASA maʼlumotlariga köra, bugun, 28 aprel sanasida Empayr-steyt-bilding binosidan ikki baravar kattaroq asteroid Yer yonidan ötib ketadi.
418135 (2008 AG33) nomi berilgan uşbu fazoviy jismning diametri 350 metrdan 780 metrgaça bölişi mumkin. Baxtimizga, ovoz tezligidan 30 karra tezroq uçib kelayotgan asteroid sayyoramizdan 3,2 million kilometr olisda ötib ketadi — Oygaça masofadan 8 baravar uzoq.
Bu xavotir arimay turib, 9 mayda yana bir «özga sayyoralik» mehmon taşrifi kutilmoqda. Bunisi yanayam kattaroq va tezroq. NASA prognozlariga köra, 2006 JF42 nomli bu asteroid diametri 380 metrdan 860 metrgaça, tezligi 40,6 ming km/soat. Fazoviy jism Yerimizdan 5,6 mln kilometr olislikda uçib ötadi.
Ikkinçi asteroidning tezligi, agar taqqoslaydigan bölsak, reaktiv-qiruvçi samolyotnikidan 17 baravar, öq tezligidan 12,5 baravar yuqori!
NASA Yerga 193 mln kilometrgaça yaqin kelgan fazoviy obʼektlar hamda 7,5 mln kilometrgaça yaqinlaşgan tez harakatlanuvçi obʼektlarni «potentsial xavfli» sifatida tasniflaydi.
Darvoqe, öz trayektoriyasi böylab ötib ketişi kutilayotgan ikkala asteroid Quyoşning uşbu qismiga, demakki, Yerga yana qaytişi kutilmoqda.









