Xitoylik diplomatning sözlariga köra, Qöşma Ştatlar hukumati irqiy kamsitiş, jinoyatçilik va zöravonlik kabi muammolarni zudlik bilan hal qilişi zarurligini isbotlaydigan köplab faktlar mavjud.

Foto: Wu Hong / EPA / TASS
Xitoy hukumati AQŞda ijtimoiy vaziyat yomonlaşayotganiga eʼtibor qaratdi. Bu haqda Xitoy taşqi işlar vazirligi vakili Van Venbin maʼlum qildi.
"Biz AQŞda inson huquqlari sohasidagi vaziyat muntazam yomonlaşib borayotganiga eʼtibor qaratdik. Bu tizimli tusdagi surunkali muammo", - dedi u.
Xitoylik diplomatning sözlariga köra, Qöşma Ştatlar hukumati irqiy kamsitiş, jinoyatçilik va zöravonlik kabi muammolarni zudlik bilan hal qilişi zarurligini isbotlaydigan köplab faktlar mavjud. Van Venbin şuningdek, AQŞning “boylar uçun foydali va kambağallarni jazolaydigan” yuridik tizimini zararli deb atadi.
"AQŞ – oxirgi 20 yil davomida har yili ötoçar qurollardan foydalanilgan holda yirik favqulodda hodisalar sodir bölgan yagona rivojlangan mamlakat", - deya qöşimça qildi u.
"Qöşma Ştatlarning boşqa mamlakatlarni inson huquqlarini buzişda ayblaşga yetarliça vakolati yöq", - deya xulosa qildi Xitoy taşqi işlar vazirligi vakili.









