Şavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin bir-biriga tabrik yölladi

Şavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin bir-biriga tabrik yölladi

Şavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin diplomatik munosabatlar örnatilganining 30 yilligi munosabati bilan bir-biriga tabrik yölladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

«Rossiya Federatsiyasi Prezidenti
V.V. Putin Janobi Oliylariga

Hurmatli Vladimir Vladimiroviç!

Sizni va birodar Rossiya xalqini Özbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganining 30 yilligi munosabati bilan tabriklayman.

Keyingi yillarda birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz bilan biz Özbekiston-Rossiya hamkorligini misli körilmagan yuksak strategik şeriklik va ittifoqçilik darajasiga olib çiqdik hamda xalqlarimiz örtasidagi döstlik riştalarini yanada mustahkamladik. Bugun Özbekiston va Rossiya hamkorligi oçiqlik, özaro işonç va qöllab-quvvatlaş, bir-birining manfaatlarini hurmat qiliş tamoyillari asosida faol rivojlanmoqda.

Amaliy hamkorligimizning barça muhim yönalişlarida yaqin va doimiy muloqot qiliş imkonini beruvçi noyob, samaradorligini isbotlagan mexanizmlarga asos solindi. Özaro savdo rekord körsatkiçlarga yetdi. Keng kölamli sanoat kooperatsiyasi loyihalari amalga oşirilmoqda. Gumanitar hamkorlik rivojlanmoqda, soğliqni saqlaş, fan, madaniyat, sanʼat va taʼlim sohalaridagi aloqalar kengaymoqda.

Biz Özbekiston va Rossiya örtasidagi döstlik va köp qirrali şeriklik munosabatlarini mamlakatlarimiz va xalqlarimiz manfaatlari yölida bundan buyon ham izçil rivojlantiriş va mustahkamlaş niyatidamiz. Sizga mustahkam soğlik va davlatçilik faoliyatingizga yangi muvaffaqiyatlar, döst Rossiya xalqiga esa farovonlik va ravnaq tilayman.

Çuqur hurmat bilan, Şavkat Mirziyoyev, Özbekiston Respublikasi Prezidenti», deyilgan tabrikda.

Öz navbatida, Rossiya rahbari ham Şavkat Mirziyoyevga öz tabrigini yöllagan.

«Özbekiston Respublikasi Prezidenti

Ş.M. Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Hurmatli Şavkat Miromonoviç!

Davlatlarimiz örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganining 30 yilligi munosabati bilan samimiy qutlovlarimni qabul qilgaysiz.

Ötgan ön yilliklar mobaynida Rossiya va Özbekiston tomonidan barça yönalişlarda sermahsul hamkorlik böyiça katta tajriba töplandi, MDH, ŞHT va boşqa köp tomonlama tuzilmalar doirasida konstruktiv şeriklik, mintaqaviy xavfsizlikka tahdid va xavf-xatarlarga qarşi kuraşişda saʼy-harakatlarni muvofiqlaştiriş yölga qöyildi.

Rossiya–Özbekiston strategik şerikligi va ittifoqçiligini bundan buyon ham har tomonlama mustahkamlaşimizga işonaman. Bu, heç şubhasiz, döst xalqlarimizning manfaatlariga javob beradi, Markaziy Osiyoda tinçlik va barqarorlikni taʼminlaş maqsadlariga mosdir. Sizga, muhtaram Şavkat Miromonoviç, mustahkam soğlik va muvaffaqiyatlar, Özbekistonning barça fuqarolariga esa farovonlik va ravnaq tilayman.

Hurmat bilan, Vladimir Putin, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti», deyiladi xabarda.

×