Avvalroq, Toşkent va Farğona vodiysi viloyatlarini boğlab turuvçi “Qamçiq” dovonida transport harakati qor köçişi xavfi sabab töxtatilgani haqida xabar bergan edik. Dovon yöli yopilişi munosabati bilan Angren şahrida joylaşgan “Angren-Lend” oşxonasida maxsus ştab iş faoliyatini boşladi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati maʼlum qildi.

Qayd etilişiça, ayni vaqtda yölda qolib ketgan avtotransport haydovçilari va yölovçilar Toşkent viloyatining Ohangaron va Angren şaharlari hamda Namangan viloyatining Pop tumanidagi mavjud umumiy ovqatlaniş şohobçalariga joylaştirilmoqda. Ular uçun zaruriy şaroitlar yaratilgan.

Şuningdek, “Toşkent-Öş” avtomobil yölining “Qamçiq” dovoni qismidagi avtomobil yölining xavfli hududlari “Qamçiq” Maxsus, qidiruv, yonğin-qutqaruv boşqarmasi, “Qamçiq” qor köçkisini kuzatiş stantsiyasi, geologik xavfli jarayonlarni kuzatiş “Farğona” stantsiyasi, “Qamçiqavtoyöl” xodimlari bilan hamkorlikda örganib çiqilgan.
“Örganiş natijalariga köra, soat taxminan 7:30 da A-373 “Toşkent-Öş” avtomobil yölining 229,8 km hududida, avtomobil yölidan 80-100 metr uzoqlikda toğ yonbağirliklaridan 300 ming metr/kub hajmda qor köçkisi sodir bölib, qor massalari Qamçiqsoy özaniga tuşgan. “Toşkent-Vodiy” avtomobil yölining 6 ta joyida esa toş-tuproq massasi öpirilişi sodir bölib, yöl çetidagi handaqqa (kyuvetga) tuşgan” deyiladi xabarda.

Bundan taşqari nomustahkam toş massalari avtomobil yölining 251,7 km, 260 km oraliqlaridagi avtomobil yöliga tuşişi mumkin bölgan hududlar aniqlangan. Hozirda xavfli xududlarda toş massalarini majburiy tuşiriş böyiça “Qamçiq” Maxsus qidiruv, yonğin-qutqaruv boşqarmasi, “Qamçiqavtoyöl” hamda Yöl-harakati xavfsizligi xodimlari bilan hamkorlikda tadbirlar amalga oşirilmoqda.
“Dovon yölida sodir bölgan geologik va gidrometeorologik xodisalar oqibatida jabrlangan va jaroxat olganlar yöq. Eslatib ötamiz, qor qatlami yiğiladigan joylar holati mustahkam emas, köçki xavfi mavjud”, deyiladi xabarda.









