Ertaga, 14 sentyabr kuni Qöqon şahrida I Xalqaro hunarmandçilik festivalining tantanali oçiliş marosimi bölib ötadi. Unda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirok etib, nutq sözlaşi kutilmoqda.
Tantanali oçiliş marosimi Qöqon markazidagi Xudoyorxon ördasi maydonida bölib ötadi. Ayni vaqtda marosimga qizğin tayyorgarlik körilmoqda.
Keça, 12 sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari Aziz Abduhakimov va Farğona viloyati hokimi Şuhrat Ğaniyev iştirokida hunarmandlar şaharçasi oçildi va körgazmalarga start berildi.
I Xalqaro hunarmandçilik festivali doirasida 12-13 sentyabr kunlari ilmiy-amaliy anjuman ham bölib ötdi.
Şu yerda Jahon hunarmandlar kengaşining Osiyo va Tinç okeani mintaqasi böyiça Prezidenti Kadda Kadumining kitobi taqdimoti bölib ötdi.Qalampir.uz Tahririyati









