Rossiya joriy etilgan sanktsiyalar soni böyiça yetakçi davlatga aylandi

Rossiya joriy etilgan sanktsiyalar soni böyiça yetakçi davlatga aylandi

Rossiya Ukraina bilan boşlangan uruş sabab joriy etilgan sanktsiyalar soni böyiça yetakçi davlatga aylandi. Bu haqda «Bloomberg» xabar berdi.

Taʼkidlanişiça, sanktsiyalar «Castellum.AI.» maʼlumotlar bazasiga tayanib tahlil qilingan. Hozirda mamlakatdagi sanktsiyaga tuşgan obʼektlar soni 5530 tadan köproqni taşkil etadi. Ularning deyarli yarmi, yaʼni 2778 tasi 22 fevraldan keyin joriy etilgan.

Bungaça Eron sanktsiyalar soni böyiça yetakçi bölgan — 3 ming 616 ta. Rossiyaga qöllanilgan sanktsiyalarga Ukrainadagi voqealar sabab bölsa, mazkur mamlakatga qarşi sanktsiyalar ön yil davomida, asosan, yadroviy dastur va terrorizmni qöllab-quvvatlaş kabi vajlar bilan joriy etilgan.

Şuningdek, Suriya (2608), Şimoliy Koreya (2007), Venesuela (651), Myanma (510) va Kuba (208) ham sanktsiyalar soni böyiça yetakçi hisoblanadi. Taʼkidlanişiça, 22 fevraldan beri Rossiyaga qarşi sanktsiyalarning katta qismi jismoniy şaxslarga nisbatan qöllanilgan — 2427 ta. Şuningdek, öşandan beri 343 ta yuridik şaxs (kompaniyalar yoki davlat muassasalari) çeklovlarga uçragan.

Rossiyaga nisbatan eng köp sanktsiya qöygan davlat Şveytsariya (568) bölib, keyingi örinlarda Yevropa Ittifoqi (518), Kanada (454), Avstraliya (413) va AQŞ (243) qayd etilgan.

×