«Google Play»da eng ommalaşgan ilovalardan biri android-smartfonlar uçun xavf tuğdirmoqda, deb yozmoqda «Profil».
Ilova «Google Play»da top-10da, millionlab ijobiy fikrlar bildirilgan.
Biroq «Trend Micro» ekspertlari bu dasturni köçirib örnatgandan söng smartfondagi muhim maʼlumotlar begona dasturlar uçun oçilib qolişini aniqlaşdi.
Gap milliard marotabadan ortiq köçirib olingan öşa maşhur «SHAREit» haqida boryapti. Ilova foydalanuvçilar musiqa, foto, video va boşqa fayllarni özaro almaşişlari uçun yaratilgan.
«Express» yozişiça, uşbu dastur orqali xakerlar keyinçalik smartfon buzilişiga sabab böluvçi Man-in-the-disk (MITD) hujumlarini uyuştira olişadi.
«Trend Micro» ekspertlari 3 oy avval «SHAREit» mualliflariga ilovadagi nuqsonlarni va ehtimoliy xakerlik hujumlari aybdorlarini körsatib xabar yöllaşgan. Biroq işlab çiqaruvçi muammoni hal qilmagan.
«Trend Micro» ilovadagi nosozlikdan «Google» kompaniyasini ham ogohlantirgan. Taʼkidlanişiça, «SHAREit»da oxirgi yangilaniş 9 fevralda amalga oşirilgan, yaʼni muammo hanuz yeçimini kutyapti.
Ekspertlar nosozlik tuzatilişigaça bu ilovani köçirmaslikni, telefoniga örnatganlar bölsa, darhol öçirib taşlaşni tavsiya qilişgan.









