Elektromobillar ikki yirik kompaniyani birlaştirdi

Elektromobillar ikki yirik kompaniyani birlaştirdi

"Sony" va "Honda" kompaniyalari 2022 yil söngigaça elektromobillar işlab çiqariş maqsadida birlaşmoqda. Ular 2025 yildan eʼtiboran elektr maşinalar sotuvini yölga qöymoqçi.

Kompaniyalar birlaşgani bilan har ikkalasi öz oldiga alohida vazifalar qöydi. "Sony" maşinalar uçun mobil xizmat platformasini tuziş bilan şuğullanadi. "Honda" esa zavoddagi işlab çiqaruvga javobgar böladi.

"Sony" smartfonlar uçun tasvir sensorlarini yetkazib beradi. Kompaniya elektr avtomobillar bozoridagi ayti-ehtiyojlarini izçil örganmoqda. Bu haqida şu yil yanvar oyida xabar bergaç, aktsiyalari 4,2 foizga ösdi.

"Honda" 2040 yilga kelib öz biznesini faqat elektromobillar işlab çiqarişga bağişlamoqçi. Yaqin 6 yil içida kompaniya elektr maşinalar uçun taxminan 46 milliard dollar sarmoya kiritdi. Hozir "Honda" elektromobillari sotuvi Yaponiyada 1 foizdan kam miqdorda. Kompaniya Şimoliy Amerika va Xitoyda ekologik avtomobillar işlab çiqaruvini 2030 yilgaça 40 foizga, 2035 yilgaça esa 80 foizga kötarmoqçi.

Yil avvalidan "Honda" Xitoyda elektromobillar işlab çiqaradigan zavod qurişni boşladi. U yiliga 120 mingta elektr maşinani isteʼmolçilarga taqdim etiş niyatida.

×