Mast holatda sodir etilgan bezorilik

Mast holatda sodir etilgan bezorilik

Namangan viloyati Çust şaharda 29 yoşli fuqaro köp spirtli içiş oqibatida 30 yoşli tanişi bilan tortişib uning yuz va boş qismiga tan jaroxati yetkazdi.

Namangan viloyati. 2022 yil 27 fevral kuni 29 yoşli D.I. özini tanişlari bilan Çust şaharda joylaşgan “Bahor” nomli ovqatlaniş şoxobçasida spirtli içimlik isteʼmol qilib ötirib, mast holda boşqa stolda ötirgan 30 yoşli tanişi H.B.ni yoniga çaqirganida, u kelmaganligi sababli, oldida turgan idiş tovoqlarni unga otib, jamoat joyida uyatli sözlar bilan haqorat qilib, atrofda ötirgan boşqa mijozlar hamda oşxona işçilarini tinçligini buzgan. Şundan söng, X.B. uning yoniga kelganida D.I. heç bir sababsiz, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimasdan, uni çap yuz qismiga bir marotaba qöli bilan urganligi oqibatida X.B. muvozanatini yöqotib, öşa yerda turgan stolning çetki qismiga öng yuz va boş qismi bilan yiqilib, tan jarohati olib huşidan ketganligi aniqlangan.

Natijada X.B. olgan tan jarohatlari bilan tuman markaziy şifoxonasiga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Çust tumani IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan D.I.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 2-qismi “ye” bandi (bezorilik oqibatida qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

×