Namanganliklar.uz kanaliga joylangan bezorilik töğrisida rasmiy maʼlumot

Namanganliklar.uz kanaliga joylangan bezorilik töğrisida rasmiy maʼlumot

Joriy yil 30 yanvar kuni soat 3:00 larda Namangan şahrida yaşovçi B.N. spirtli içimlikdan mast holda Namangan şahar Davlatobod tumanida joylaşgan kafega kelgan. U kafe rahbari N.O.ga pitstsa yeguligini nasiyaga olib ketişini aytib, sovuq qurol va temir tayoq (bita) bilan tahdid qilgan. Kafe rahbari N.O. nasiyaga savdo qilmasligini aytgaç, yonida bölgan ötkir tiğli jism bilan uning çap kökrak qafasi orqa yuzasiga urib tan jarohati yetkazgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Şuningdek, B.N. özining jinoiy harakatlarini davom ettirib, şu kuni Spark rusumli avtomaşinani boşqarib, ukasi Ğ.N. bilan bir guruh bölib, soat 6:30 larda Namangan şahar I.Karimov köçasida joylaşgan Namangan viloyati IIB YXHB binosi röparasidagi çorrahada Malibu rusumli avtomaşinaning yölini qisib töxtatgan. Heç bir sababsiz sovuq qurol va temir tayoq (bita) bilan avtomaşinaning old eşik oynasi va orqani körsatuvçi yon oynalarini urib sindirib, haydovçiga tan jarohati yetkazib, bezorilik qilgani töğrisida xabar bergan edik.

Mazkur holat yuzasidan Namangan şahar Davlatobod tumani IIB huzuridagi TB tomonidan fuqaro B.N.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «a,g», ukasi Ğ.N.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b,v» bandlari bilan jinoyat işi qözğatilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

×