Ertaga ayrim joylarda yomğir yoğadi

Ertaga ayrim joylarda yomğir yoğadi

Özgidromet ertaga, 23 may kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

Unga köra, Toşkent şahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan özgaruvçan böladi, kunning birinçi yarmida biroz qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Şamol ğarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gaça kuçayişi, baʼzi joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin. Harorat keçasi 21-23 daraja, kunduzi 30-32 daraja issiq böladi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol ğarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gaça kuçayadi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatiladi. Harorat keçasi 13-18 daraja, kunduzi 27-32 daraja böladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda özgaruvçan böladi, keçasi va ertalab ayrim joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin, kunduzi yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol ğarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gaça kuçayadi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatiladi. Harorat keçasi 19-24 daraja, kunduzi 28-33 daraja issiq böladi.

Toşkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda özgaruvçan böladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Şamol ğarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gaça kuçayadi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatiladi. Harorat keçasi 19-24 daraja, kunduzi 28-33 daraja issiq böladi.

Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol ğarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gaça kuçayadi, çang-tözonlar bilan kuzatiladi, ayrim joylarda baʼzida 22 m/s gaça kuçayişi mumkin. Harorat keçasi 21-26 daraja, kunduzi 33-38 daraja issiq böladi.

Andijon, Namangan va Farğona viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda özgaruvçan böladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Şamol ğarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gaça kuçayadi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatiladi. Harorat keçasi 19-24 daraja, kunduzi 30-35 daraja issiq böladi.

Respublikaning toğoldi va toğli hududlarida havo biroz bulutli böladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Şamol ğarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gaça kuçayadi. Harorat keçasi 13-18 daraja, kunduzi 18-23 daraja issiq böladi.


×