Ukrainada uruşning yettinçi kuni qanday ötdi? (fotoreportaj)

Ukrainada uruşning yettinçi kuni qanday ötdi? (fotoreportaj)

Joriy yilning 24 fevral kuni ertalab Rossiya Prezidenti Vladimir Putin DXR va LXRni ozod qiliş hamda Ukrainani “denatsifikatsiya” va “demilitarizatsiya” qiliş uçun uşbu mamlakatga qöşin kiritib, uruş boşlaganidan keyin mana yetti kun ötdi. 

Bir haftadirki, Kiyev, Xarkov, Mariupol va boşqa şaharlar yaqinida janglar davom etmoqda. Şaharlar aholisi metro bekatlarida va yer osti avtoturargohlarida jon saqlamoqda. 

Ayrimlar esa mamlakatdan qöşni davlatlarga qoçib ketgan: BMT maʼlumotlariga köra, uruşning olti kunida 836 ming qoçqin Ukrainani tark etgan. Quyida uruşning yettinçi kunidan suratlarni körişingiz mumkin. 

Rossiya Mudofaa vazirligi ötgan yetti kunda uruşda 498 nafar rus harbiysi halok bölganini, 1,5 mingdan ortiği jarohatlanganini maʼlum qildi. Ukraina tomoni esa Rossiya uruşda 9 ming askarini yöqotganini aytdi. 

Öz navbatida, Rossiya Mudofaa vazirligiga köra, Ukraina kuç tuzilmalarining harbiy xizmatçilari orasida 2870 dan ortiq kişi halok bölgan, 3700 ga yaqini yaralangan. Rasmiy Kiyev bu boradagi sönggi maʼlumotlarni hozirça eʼlon qilmadi.

×