Amerikalik maşhur aktyor Tom Kruz iştirokidagi “Bajarib bölmas topşiriq 7” filmini Britaniyaning Kambriya grafligida suratga oliş vaqtida sigirlar podasi bilan noodatiy hodisa yuz berdi.
Gap şundaki, aktyorning paraşyut bilan sakraş sahnalari suratga oliniş vaqtida xavfsizlikni taʼminlaş maqsadida qöllangan yuqori çastotali şovqin qurilmasi sababli önlab sigirlar huşini yöqotgan.
Aktyor paraşyut bilan 4ta sakraşni amalga oşirgan. Bu vaqtda suratga oliş guruhi dronlarga qarşi maxsus qurilmalarni işga tuşirgan. Ularning ovozi şunçalik kuçli bölganki, yaqin orada ötlab yurgan önlab sigirlar huşini yöqotgan. Qurilmalar öçirilgaç, sigirlar yana huşiga kelgan.
Uşbu köngilsiz voqeaga qaramay, mahalliy aholi uşbu holat yuzasidan şikoyat qilmagan.









