Maqsad “ozod qiliş”. DXR Ukrainaning qaysi hududiga köz tikkani aytildi

Maqsad “ozod qiliş”. DXR Ukrainaning qaysi hududiga köz tikkani aytildi

Ukraina şarqida rossiyaparast separatistlar nazoratidagi Donetsk va Lugansk xalq respublikalari mamlakatning şu nomdagi viloyatlarini egallamoqçi. Buni DXR harbiy qömondonligi vakili Eduard Basurinning bayonotidan payqaş qiyin emas.

Unga köra, DXR kuçlarining vazifasi Donetsk viloyati çegaralariga çiqiş va “hududlarni ozod qiliş”.

“Ukraina harbiylari qurollarini taşlamagan, guruh katta, vaziyat oğir, u Ukraina aholisini armiyadagi qarindoşlaridan qurollarini qöyişni söraşga çaqiraman”, deydi Basurin.

Şuningdek, u Ukraina fukarolarini heç nimadan qörqmaslikka va ularga qarata öq uzilmasligiga işontirgan.

Biroq media makonida tarqalgan videolardan turar-joy binolari ham raketalar zarbalariga uçrayotganini köriş mumkin.

×