IIV YHX boş boşqarmasi «Sud orqa eşikka parda örnatişni qonuniy deb topdi» xabarini asossiz deb hisoblamoqda

IIV YHX boş boşqarmasi «Sud orqa eşikka parda örnatişni qonuniy deb topdi» xabarini asossiz deb hisoblamoqda

Buxoro şahar maʼmuriy sudi tomonidan avtomobillarning orqa yon oynalariga pardalar örnatiş mumkinligi töğrisida qaror çiqarilgani xabar qilingan edi. Ammo Özbekiston Respublikasi IIV Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi tomonidan maʼlum qilinişiça, uşbu xabar asosga ega emas.

«2019 yil 6 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro şahar maʼmuriy sudi tomonidan avtomobillarning orqa yon oynalariga pardalar örnatiş mumkinligi töğrisida qaror çiqarilganligi haqida tarqatilgan xabarlar Özbekiston Respublikasi IIV Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi tomonidan örganib çiqildi va quyidagilar maʼlum qilinadi.

Birinçidan: Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 2 avgustdagi «Tusi özgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanişni tartibga soliş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi 646-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Yöl harakati qoidalariga özgartirişlar kiritilgan.

Uşbu özgartirişlarga köra Yöl harakati qoidalari 3-ilovasi (Transport vositalaridan foydalanişni taqiqlovçi şartlar) 7.4-bandining izohida III klass M3 toifadagi avtotransport vositalarining (konstruktsiyasi yölovçilarni faqat ötirgan holda taşiş uçun möljallangan avtobuslar) orqa va yon oynalariga pardalar, ikki yonga orqa tomonni köriş uçun taşqi közgusi mavjud bölgan barça toifadagi avtotransport vositalari orqa oynalarining tusini yoruğlik ötkazuvçanligi çeklanmagan darajada özgartirişga (qoraytirişga), şuningdek, uşbu orqa oynalarga parda (çiy parda, darparda) örnatişga ruxsat berilişi belgilangan.

Yaʼni III klass M3 toifadagi avtotransport vositalaridan boşqa toifadagi transport vositalarining yon oynalariga parda (çiy parda, darparda) örnatiş taqiqlanadi.

Ikkinçidan: Yöl harakati qoidalari 3-ilovasining 7.3-bandiga asosan haydovçi joyidan tevarak-atrof körinişini çeklaydigan qöşimça narsalar örnatilgan va qoplamalar tuşirilgan bölsa avtotransport vositalaridan foydalaniş taqiqlanadi.

Uçinçidan: Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlarda GOST 33988-2016 (Avtomobilniye transportniye sredstva. Obzornost s mesta voditelya. Texniçeskiye trebovaniya i metodi ispitaniy.) davlatlararo standartida keltirilgan tuşunçalar notöğri talqin qilingan.

Jumladan, «Tevarak-atrof körinişi» (obzornost) va «Old tomondan tevarak-atrof körinişi» (perednaya obzornost) tuşunçalari çalkaştirib yuborilgan.

Vaholanki, Yöl harakati qoidalari 3-ilovasining 7.3-bandida haydovçi joyidan tevarak-atrof körinişi, yaʼni (obzornost) nazarda tutilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlarda esa faqat «Old tomondan tevarak-atrof körinişi» (perednaya obzornost) gapirilib, amaldagi meʼyoriy hujjatlar notöğri talqin qilingan.

GOST 33988-2016 (Avtomobilniye transportniye sredstva. Obzornost s mesta voditelya. Texniçeskiye trebovaniya i metodi ispitaniy.) davlatlararo standartida «Tevarak-atrof körinişi» (obzornost) va «Old tomondan tevarak-atrof körinişi» (perednaya obzornost) tuşunçalari aniq körsatib berilgan.

(Obzornost: Konstruktivnoye svoystvo TS, xarakterizuyuşçeye obʼektivnuyu vozmojnost i usloviya vospriyatiya voditelem vizualnoy informatsii, neobxodimoy dlya bezopasnogo upravleniya TS.

Perednaya obzornost: Obzornost çerez peredneye i bokoviye okna kabini, ograniçennaya polem zreniya voditelya, ravnim 1800, v gorizontalnoy ploskosti pri napravlanii linii vzora s mesta voditelya paralelno srednoy prodelnoy ploskosti TS.)

Törtinçidan: Özbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksining 126-moddasida ham «Tevarak-atrof körinişi» (obzornost) töğrisida körsatilgan.

Yaʼni, Kodeksining 126-moddasi böyiça maʼmuriy hujjatlar malakalanişida «Tevarak-atrof körinişi» (obzornost) hisobga olinadi.

Yuqorida bayon etilganlarga asosan, Özbekiston Respublikasi IIV Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi 2019 yil 6 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlarni asossiz deb hisoblaydi.

Şuningdek, Özbekiston Respublikasi IIV Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasida Buxoro şahar maʼmuriy sudi tomonidan çiqarilgan qaror töğrisida aniq maʼlumotlar mavjud emas», — deyiladi Özbekiston Respublikasi IIV Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi tomonidan tarqatilgan rasmiy bayonotda.

×