Özbekiston Içki işlar vazirligi yengil avtomobillar orqa yon oynalariga parda va boşqa buyumlardan foydalaniş borasidagi bahs-munozaralarga barham beriş niyatida. IIV muhokama uçun eʼlon qilgan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga özgartişlar kiritiş töğrisidagi hujjat loyihasi xalq tomonidan aynan şunday tuşunildi.
MJTKning 126-moddasidagi «haydovçining örnidan tevarak-atrofni körişni çeklaydigan qöşimça narsalar örnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalaniş» qismidagi «haydovçining örnidan» jumlasini olib taşlaş taklif etilmoqda.
Hozirgi holatda: «Texnik reglamentga muvofiq bölmagan közgusimon va (yoki) tusi özgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi şuningdek haydovçining örnidan tevarak-atrofni körişni çeklaydigan qöşimça narsalar örnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalaniş, bundan oynalar tusini özgartiriş (qoraytiriş) uçun tegişli ruxsatnoma berilgan transport vositalari mustasno…»
Taklif etilayotgan talqin: «Texnik reglamentga muvofiq bölmagan közgusimon oynali, tevarak-atrofni körişni çeklaydigan qöşimça narsalar örnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalaniş, xuddi şuningdek transport vositalarining orqa yoki old yon oynalarini tegişli ruxsatnomasiz tusini özgartiriş (qoraytiriş)…»
Uşbu talab buzilgani uçun jazo miqdorini ham qayta körib çiqiş taklif etilmoqda. Birinçi marta qonun buzilgani uçun — bazaviy hisoblaş miqdorining 10 baravari miqdorida (2,23 mln söm, joriy yil may oyidan — EKIHning 25 baravari). Xuddi şunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo çorasi qöllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bölsa, — bazaviy hisoblaş miqdorining 15 baravari (3,345 mln söm, hozirda — EKIHning 40 baravari) miqdorida jarima solişga sabab böladi.
Transport vositalarining orqa va old yon oynalarini tegişli ruxsatnomasiz tusini özgartiriş (qoraytiriş), -BHMning 50 baravari (11,15 mln söm), qonunbuzarlik yil davomida takrorlansa — BHMning 70 baravari (15,61 mln söm) miqdorida jarima solişga sabab böladi.









