“Qora duşanba”. Yirik rus kompaniyalari Putinning qaroridan “larzaga keldi”

“Qora duşanba”. Yirik rus kompaniyalari Putinning qaroridan “larzaga keldi”

Rossiya Federatsiyasi fond bozori Donbassdagi vaziyatning harbiy keskinlaşuvi tufayli “Moskva birjasi” va RTS indekslari böyiça 2020 yil noyabr oyidagi darajaga tuşib, öz tarixida yangi “qora duşanba”ga kirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bergan.  

Indekslarning orqaga qaytiş kölami COVID-19 pandemiyasining boşida — 2020 yil mart oyidagi qulaşni qayta qayd etdi, şu bilan birga “Moskva birjasi”da aktsiyalar savdosi hajmi tarixiy maksimal darajaga yetdi va 505 milliard rubldan oşdi. 

Asosiy savdolar natijasida “Moskva birjasi” indeksi 3036,88 punktga, RTS indeksi 1207,5 punktga, “Moskva birjasi”da köpçilik “kök fişkalar” narxi 18,3 foizga tuşdi. Bir kun davomida “Moskva birjasi” indeksi asosidagi aktsiyalar savdosining umumiy hajmi 505,353 milliard rublni taşkil etdi. AQŞ dollari 78,7 rublga kötarildi. 

Maʼlumotlarga köra, “Aeroflot” (-15,8 foiz), VTB (-17,3 foiz), “Gazprom” (-10,1 foiz), “Nornikel” (-5,8 foiz), “Inter RAO“ (-10 foiz), “LUKOIL” (-6,9 foiz), “MMK” (-8,9 foiz), “MTS” (-4,7 foiz), “Magnit” (-9,8 foiz), “Moskva birjasi” (-8,2 foiz), “NLMK” (-8 foiz), “Rosneft” (-18,3 foiz), “Rostelekom” (-7,5 foiz), “RusGidro” (-8,4 foiz), Sberbank (-16,9 foiz va -17,1 foiz), “Severstal” (-6,2 foiz), “Surgutneftegaz” (-10,3 foiz), “Tatneft” (-9,6 foiz) va “FSK YEES” aktsiyalari (-13,2 foiz) arzonlaşgan. 

“Moskva birjasi” maʼlumotlariga köra, bugun, 22 fevral kungi savdolar boşida Rossiya fond bozori 5,45 foizga pasaygan.

Maʼlumot örnida, 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina şarqidagi özini mustaqil deb eʼlon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan oliş töğrisidagi farmonni imzoladi. Farmonni imzolaş marosimida LXR va DXR rahbarlari ham iştirok etdi. 

Şundan söng, AQŞ Prezidenti Jo Bayden Rossiya tomonidan özini mustaqil deb eʼlon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini (DXR va LXR) tan olinişi munosabati bilan ayrim şaxslarning mulkini bloklaş va ayrim operatsiyalarni taqiqlovçi farmon qabul qildi. 

×