Sönggi paytlar internetda firibgarlarning harakati avj oldi, aldanib qolayotgan jabrdiydalar, afsuski, ozmunça emas. Huquqşunoslar ulardan ogohlantirgan holda nayrangbozlarning eng köp işlatadigan yolğonlari röyxatini tuzib çiqdilar. Sizga telefon qilib yoki xabar jönatib, quyidagi mavzularda söz oçsalar, aslo işonmang:
- "Prokuraturadanman. Bank hisob raqamingizdagi mablağlar öğirlangani aniqlandi...".
- "Telefoningizga davlat xizmatlaridan QR-kod orqali foydalanadigan ilova örnatamiz. Bu juda qulay...".
- "Bankdanman. Firibgarlardan himoyalaniş uçun maxsus dasturni yuklab olişingiz kerak...".
- "Ajoyib kontsert (spektakl)ga arzon çipta sotib olişni xohlaysizmi?..".
- "Kimdir sizning kartangiz orqali tölab, bankdan kredit olmoqçi...".
- Farzandingiz nomidan: "Oyi (dada), men bir odam bilan urişib, tan jarohati yetkazib qöydim, işni yopiş uçun pul kerak".
- "Tabriklayman, siz yutdingiz...".
Şunga öxşaş xabar yoki qönğiroqlar qabul qilsangiz, darhol göşakni qöying, xabarni öçiring. Ular berayotgan maʼlumotlarni işonçli manbalardan tekşirib köring.









