Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bölsin.
Payğambarimizga mukammal va batamom salavotu salomlar bölsin.
Şu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda xorijdan keltiriladigan ot hayvoni içaklarining barçasi “harom” ekani haqida xabar tarqaldi. Mana şunday gap-sözlar köpçilik yurtdoşlarimizni qattiq taşvişga soldi. Uşbu masalaga aniqlik kiritiş maqsadida, Özbekiston musulmonlari idorasida köp yillardan buyon qazi mahsulotlarini tayyorlaş bilan şuğullanadigan, katta tajribaga ega bölgan soha mutaxassislari bilan uçraşuv ötkazildi.
Muloqot davomida har yili yurtimizga xorijdan bir neça tonna atrofida qazi tayyorlaş uçun işlatiladigan içaklar olib kelinişi va ular asosan Turkiya, Qirğiziston, Qozoğiston, Mongoliya, Ispaniya, Polşa kabi mamlakatlardan ekani aniqlandi. Oxirgi yillarda mazkur yurtlardan pandemiya sababli içaklar deyarli import qilinmagan ekan. Mongoliya va Polşa davlatlaridan olib kelinadigan içaklar “halol” yoki “harom” ekani hozirça aniq tasdiğini topmadi. Ammo Turkiya, Qirğiziston, Qozoğiston va Ispaniya davlatlaridan olib kelinadigan içaklarni halol ekani taʼkidlandi.
Şuningdek, yurtimizda otlar halol yöl bilan söyilgani uçun uning içaklaridan tayyorlanadigan qazi mahsulotlari yoki turli taomlar yoxud qazining içagi qaynatilgan suvlarning barçasi halol-pokdir.
Şunday ekan, köpçilik isteʼmol qiladigan mahsulotni çuqur örganmasdan, uning hammasini haromga çiqariş aslo töğri bölmaydi. Bunday fatvo berişga faqatgina yurtning Muftiysidan boşqa heç kimning haqqi yöq. Çunki notöğri berilgan fatvo oqibatida juda köplab tuşunmovçilik va odamlarning tinçini buziş hamda turli köngilsiz işlarga sabab bölinadi.
Taʼkidlaş joizki, hadisi şariflarda fatvo beriş vazifasi öta masʼuliyati va katta javobgarlik mavjudligi haqida köp vaʼidlar kelgan. Yaʼni, voqelikni töliq örganmay, yetarli bilim va tajriba orttirmay turib, qörqmasdan fatvo berişdan qaytarilgan.
Demak, köp izlanmay va mulohazasiz qilingan çiqişlar jamiyatda turli tuşunmovçiliklarni keltirib çiqaradi. Şunday ekan, dolzarb masalada yetarli ilmga ega bölmay, uni çuqur tahlil etmay, soha mutaxassislarining fikrlariga quloq tutmay va haqiqiy holatni inobatga olmay aytilgan har qanday gap, hatto uni ahli ilm aytgan bölsa ham, fatvo hisoblanmaydi hamda şarʼiy kuçga ega bölmaydi.
Mazkur muloqotda soha mutaxassislariga diyorimizga olib kelinadigan içaklar dinimiz talabi asosida söyilgan ot hayvoniga tegişli ekaniga eʼtibor qaratiş va barça zarur çora-tarbirlarini köriş tuşuntirildi.
Öz navbatida taʼkidlaymizki, diniy masalalarni bayon etişda vakolati va salohiyati bölmagan, turli şaxslarning fikr bildirişlari şarʼan joiz emas. Yuqorida bayon etilganidek, Fatvo maqomidagi masalalarda ölkamizda faqatgina Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy va u kişi rahbarligidagi Ulamolar Kengaşi yoki Fatvo hayʼati qaror çiqarişga haqlidir.
Alloh taolo barçamizni töğri yölda bardavom qilsin!









