Çinoz hokimining birinçi “zam”i $40 ming pora bilan uşlandi

Çinoz hokimining birinçi “zam”i $40 ming pora bilan uşlandi

Toşkent viloyati Çinoz tumani hokimi birinçi örinbosari 40 ming dollar pora bilan uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura Matbuot kotibi Hayot Şamsiddinov maʼlum qildi.

Qayd etilişiça, Çinoz tumani hokimining iqtisodiy masalalar böyiça birinçi örinbosari Oqqörğon tumanida joylaşgan fermer xöjaligiga tegişli bölgan suğoriladigan 35 gektar yer maydonini sotiş va hujjatlarni tuman hokimligida işlovçi tanişlari orqali rasmiylaştirib beriş evaziga kelişilgan 90 ming AQŞ dollaridan 40 ming dollarini olgan vaqtida uşlangan.

Hayot Şamsiddinovga köra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-6-moddasi (Suğoriladigan yer uçastkasiga yoki uning bir qismiga bölgan huquqni sotiş yoxud qonunga xilof ravişda boşqaça tarzda özga şaxsga beriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. 

Gumonlanuvçi protsessual tartibida uşlangan.

×