Kelajakda dunyo qizil metall – misning jiddiy tanqisligiga duç kelişi mumkin. Bu haqda “USM Holding” kompaniyasi asosiçisi milliarder Alişer Usmonov Jahon iqtisodiy forumi uçun yozgan maqolasida söz yuritgan.
“Mis köpinça “yangi oltin”, “yangi neft” yoki “kelajak metalli” deb nomlanadi, çunki u past uglerodli iqtisodiyotlarda va yuqori texnologiyali sanoatda, şu jumladan telekommunikatsiyalarda ajralmas rol öynaydi. Mis elektr transport vositalari va qayta tiklanadigan manbalardan energiya işlab çiqarişda, şuningdek, uglerodni uşlaş va saqlaş tizimlarini yaratişda ham muhim hisoblanadi”, degan milliarder özining maqolasida.
Alişer Usmonov Xalqaro energetika agentligining prognozlarini ham keltirib ötgan. Unga köra, 2040 yilda metallarga bölgan asosiy talab grafit, mis va nikelga töğri keladi. 2040 yilga kelib, toza energiya sohasida misga talab 2020 yilga nisbatan qariyb 2,7 barobar ortadi.
“Bank of America hisob-kitoblariga köra, 2030 yilga kelib, faqat nolga teng uglerod çiqindilariga erişiş uçun zarur bölgan texnologiyalarda mis isteʼmolining umumiy yillik ösişi 3,6 foizga yetadi. Şu bilan birga, mis deyarli almaştirib bölmaydigan metall. Mis örnini bosuvçi moddalarning sof uluşi uning umumiy yillik isteʼmolining bir foizidan kamroğini taşkil etadi va asosan kabel sanoatiga töğri keladi. Boşqa mis ilovalari yaqin kelajakda almaştirilişi dargumon”, deyiladi maqolada.
Milliarderga köra, elektromobil va akkumulyator texnologiyalari bozorining jadallik bilan rivojlanayotgani ham misga bölgan talab bilan boğliq. Mis boşqa metallarga nisbatan elektrni yaxşi ötkazgani uçun, qayta tiklanadigan energiya texnologiyalarining muqobili yöq tarkibiy qismi bölib qoladi.









