Bugun, 20 yanvar kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev “Zakovat” intellektual öyinini aholi örtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantiriş va boşqa intellektual öyinlarni rivojlantirişga oid çora-tadbirlar töğrisida"gi qarorni imzoladi.
2021 yil oktyabr oyida davlat rahbari Buxoro viloyati Romitan tumanida “Zakovat” intellektual öyinining final bosqiçiga taşrif buyurib, bahsni kuzatgan, tadbir söngida nutq sözlab, bilimdon yoşlarga şaroit yaratiş uçun köplab taşabbuslarni bildirgan edi.
Uşbu taşabbuslar ijrosini taʼminlaşga qaratilgan keng kölamli çora-tadbirlar Prezident qarorida belgilab berildi.
Jumladan, Yoşlar işlari agentligi zimmasiga “Zakovat” intellektual öyini va boşqa intellektual öyinlarni tizimli ravişda rivojlantirişga doir vazifalar yuklandi.
Şuningdek, qaror bilan quyidagilar belgilandi:
- 2022/2023 öquv yilidan boşlab intellektual öyinlarning respublika bosqiçida ğolib bölgan öquvçi yoşlar va talabalar uçun yil davomida har oyda beriladigan “Zakovat” stipendiyasi joriy etiladi;
- 2022 yildan boşlab, bosqiçma-bosqiç umumiy örta, Prezident, örta maxsus va professional hamda oliy taʼlim muassasalarida “Zakovat” intellektual klublari faoliyati yölga qöyiladi hamda hududlardagi Yoşlar markazlarida intellektual öyinlar jamoalari uçun alohida xonalar taşkil etiladi.
Bundan taşqari, “Zakovat” ğoliblari va ularning murabbiylarini taqdirlaş böyiça quyidagilar amalga oşiriladi:
- 2022 yildan boşlab har yili talabalar örtasida Intellektual olimpiada taşkil qilinadi. Unda umumjamoa hisobida dastlabki uçta örinni qölga kiritgan oliy taʼlim muassasasiga Özbekiston Respublikasi Prezidenti sovğasi topşiriladi;
- intellektual öyinlarning respublika bosqiçida ğolib va sovrindor bölgan umumiy örta, örta maxsus va professional taʼlim muassasalari öquvçilari hamda OTM talabalari taʼlimning keyingi bosqiçiga bazaviy tölov-kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi;
- taʼlim muassasalarida taşkil etilgan “Zakovat” intellektual klublarining koordinatori bölgan professor-öqituvçilarga mehnatga haq tölaş fondining 50 foizi miqdorida bir martalik ustama tölab beriladi.
Qarorga köra, 2022/2023 öquv yilidan boşlab har yili aprel oyida “Intellektual haftalik” tadbiri ötkazib boriladi.
Yoşlarning intellektual salohiyatini oşiriş, ularga motivatsiya beriş maqsadida maşhur olimlar, jumladan, Nobel mukofoti sohiblari bilan uçraşuvlar taşkil etib boriladi.
“Zakovat” va boşqa intellektual öyinlarining hududiy va respublika bosqiçi ğoliblarini öz mutaxassisligi böyiça kadrlar zaxirasiga oliş hamda rahbarlik lavozimlariga tayinlaş amaliyoti yölga qöyiladi.









