Özbek futbolining yuqori baholangan avlodi. Hozir ular qayerda?

Özbek futbolining yuqori baholangan avlodi. Hozir ular qayerda?

JÇ-2011 turniri qahramonlari faqat bitta turnir qahramoni bölib qoldi, xolos.

2011 yilda Meksika futbol böyiça yoşlar örtasidagi jahon çempionatiga mezbonlik qilgan. Mazkur çempionatda Özbekiston yoşlar terma jamoasi turnirning 1/4 finaliga yöl oldi. Çempionatda özbekistonlik yoş futbolçilar öz öyinlari bilan barça muxlislar mehrini qozondi. Ular haqida butun futbol olamida bong urildi.

Şundan söng köplab top-çempionat klublari bu futbolçilarga qiziqiş bildirgan. Ularning keyingi faoliyatini kuzata boşladi. Negaki, 17 yoşli futbolçilarning barçasi har qanday klubda birdaniga öynab ketolmasdi.

Meksikadagi çempionatda, ayniqsa, Özbekiston terma jamoasining asosiy futbolçilari Abbos Maxstaliyev, Timur Hakimov, Bobur Davlatov va Ğanişer Xolmurodovlarning nomlari baland ovozda yangradi.

Kuçli bosim ostida qolgan Maxstaliyev

Öşa jamoaning sardori Abbos Maxsitaliyev edi. Futbol mutaxassislari uning kelajagi buyuk bölişini başorat qilgan. Ammo vaqt ötişi bilan u katta futbolda öz örnini topa olmasligi maʼlum böldi. Şundan söng futbolçi "Paxtakor", "Neftçi", "Surxon", "Navbahor" klublarida töp surdi. Hozirda futbolçi Farğonaning "Istiqlol" jamoasi öyinçisi hisoblanadi. Öz vaqtida unga Frantsiya klublari qiziqiş bildirgandi. Abbos Maxstaliyev öyinidagi pasayişning asosiy sababi "Paxtakor" klubida öyin amaliyotining yöqligi va futbolçi kuçli bosim ostida qolgan, deya qaraladi.

Hakimovning iqtidori "Paxtakor"da yöq qilindi

Öşa turnirda yana bir futbolçimiz Temur Hakimov öz öyini bilan barçani maftun etgandi. U Özbekiston termasining asosiy hujumçisi edi. Çempionatdagi eng muhim gollarni urgan. Futbolçi Özbekiston boş jamoasida asosiy hujumçi sifatida körilgan. Afsuski, Hakimovning iqtidori "Paxtakor"da yöq qilindi. Futbolçining özi ham bir intervyusida "Paxtakor"da unga özini körsatiş imkoniyati berilmaganini aytib ötgan. Qolaversa, Samvel Babayan boşçiligidagi jamoa Hakimovni boşqa klubga qöyib yuborişni istamagan. U hozirda Samarqandning "Dinamo" jamoasida töp surmoqda.

Meksikada jahonni lol etgan Bobur Davlatovning muvaffaqiyatsizligi

Meksikada jahonni lol qoldirgan jamoaning asosiy himoyaçisi Bobur Davlatov edi. Öşa çempionatda futbolçi hujumlarga ham qöşila oliş mahorati bilan muxlislar yodida qolgan. Biroq özining ajoyib isteʼdodiga qaramay, keyingi faoliyatida muvaffaqiyatli öynay olmadi. U hozirda Rossiyaning "Nefteximik" jamoasida töp surmoqda. Uşbu jamoa Çempionatning quyi ligasida bahs olib boradi. Klubda futbolçi köproq himoyaviy yarim himoyaçi pozitsiyasida öynamoqda.

"Yöqolib qolgan" futbolçi

Özbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterov örniga asosiy nomzod sifatida qaralgan Ğanişer Xolmurodov ham muvaffaqiyatli turnirdan söng özini körsatiş imkoniyatini qölga kirita olmadi. U faoliyatini yakunlaşga qaror qildi. Hozirça sportçi nima bilan şuğullanayotgani nomaʼlum.

Bu voqealarning barçasi Özbekistonda köplab yoş futbolçilarning öyiniga eʼtiborsizlikdan kelib çiqdi. Jamoamizning eng iqtidorli avlodlarinining asosiy tarkibi yöqoldi. Agar bir paytlar klublar futbolçilarga işonib, ularga özini körsatiş imkoniyatini berganida edi, balki bugun ular top-klublarda öynab, terma jamoaga yordam berişardi. Afsuski, JÇ-2011 turniri qahramonlari faqat bitta turnir qahramoni bölib qoldi, xolos.

×