Harbiy xizmatga qabul qilişning yangi tartibi belgilanmoqda

Harbiy xizmatga qabul qilişning yangi tartibi belgilanmoqda

Özbekistonda harbiy xizmatga nomzodlarni saralaş tartibi özgarişi mumkin. Bu haqda Mudofaa vazirligining “Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qöşinlariga kontrakt böyiça harbiy xizmatga nomzodlarni saralaş tartibi töğrisidagi nizomga özgartirişlar kiritiş haqida”gi idoralararo qaror loyihasida söz boradi. Qaror loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylaştirilgan.

Unga köra, nomzod Saralaş komissiyasi kotibiga quyidagi hujjatlarni taqdim etişi lozim:

•  biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi (nusxasi olinib, asli qaytariladi);

•  harbiy guvohnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi);

•  tuğilganlik haqida guvohnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi);

•  nomzod tomonidan qölda yoki kompyuterda yozilgan tarjimai hol;

•  anketa-maʼlumotnoma.

Şuningdek, Saralaş komissiyasi qöşimça ravişda zarur hujjatlar va maʼlumotlarni tegişli davlat organlari va taşkilotlardan mustaqil ravişda, şu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalaşuv platformasi orqali sörab oladi.

Saralaş komissiyasi bayonnomasidan köçirma, şaxsni tasdiqlovçi hujjat (pasport, harbiy guvohnoma) nusxasi, narkologik, sil kasaliga qarşi kuraş, teri-tanosil, psixonevrologik dispanserlar va OITSga qarşi kuraş markazidan olingan maʼlumotnoma, sönggi beş yil içidagi ambulator bemorning tibbiy kartasidan köçirma, majburiy diagnostika tadqiqotlarining natijalari bilan birga, degan sözlar çiqarib taşlanadi.

×