Jonli devor, eng kuçli jangovar texnika. Prezident Töqayev qanday qöriqlanyapti?

Jonli devor, eng kuçli jangovar texnika. Prezident Töqayev qanday qöriqlanyapti?

Takror va takror aytişga hojat bölmasa ham eslatib ötamiz, Qozoğistonda Yangi yilning birinçi kunlari suyultirilgan gaz narxining oşişi ortidan boşlangan namoyişlar kun sayin avj olmoqda. Butun respublikada 19 yanavargaça favqulodda holat eʼlon qilindi, şuningdek komendantlik soati amalda. Fuqarolar soat 23:00 dan 7:00 gaça taşqariga çiqişi mumkin emas. 

Xabaringiz bor, keça, 6 yanvar kuni mamlakatga Kollektiv xavfsizlik şartnomasi kuçlari kira boşladi. Qozoğistonning barça hududlarida aksilterror operatsiyasi rejimi örnatildi va terrorçilik tahdidining kritik – qizil darajasi joriy qilindi. 

Ayni vaziyatda esa hozirça mamlakatning amaldagi va sobiq rasmiylaridan faqat Prezident Töqayev köriniş berib turibdi. OAVda ham uning xalqaro muloqotlari va xalqqa murojaati haqidagi xabarlarni öqib boryapmiz. 

Elboşi Nursulton Nazarboyev va uning oila aʼzolari qayerdaligi, qanday qöriqlanayotgani, mamlakatda röy berayotgan hodisalarga qanday munosabatda ekani haqida maʼlumotlar yöq. Uning sobiq saroyiga öt qöyildi, haykallari qöporildi. Elboşi Xavfsizlik kengaşi raisi lavozimini ham vorisi Töqayevga topşirdi.  

Şuningdek, 5 yanvar kuni isteʼfo bergan Asqar Mamin ham qayerdaligi haqida maʼlumotlar oçiqlanmayapti. 

Prezident Töqayevning xavfsizligi esa şubhasiz har qaçongidan kuçaytirilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda esa 5 yanvar kuni olovlangan vaziyatdan keyin Nur-Sultonda Prezident Töqayevning Oqörda saroyi atrofi askarlar, harbiy texnikalar bilan örab olingani, bir neça qavatlik jonli qörğon taşkil qilingani tasvirlangan suratlar tarqaldi.

Unda saroy atrofi atrofi avtobuslar, yak maşinalari va zirhlangan-janvogar transport vositalari bilan öralganini ham köriş mumkin. 

Katta ehtimol Prezident va maʼmuriyatning asosiy xodimlari rezidentsiyadan çiqmay faoliyat olib bormoqda. Şuningdek, teletranslyatsiyalar ham aynan rezidentsiyadan olib borilmoqda. 

Töqayev 5 yanvar kunining özidayoq namoyişlarga qarşi harakatlarni birinçi bölib xavfsizlik borasidagi taşkilotlarga yangi rahbarlar tayinlaşdan boşladi. 

Prezident öz maʼmuriyatining sobiq örinbosari Murat Nurtleuni respublika Milliy xavfsizlik qömitasi raisining birinçi örinbosari etib tayinladi.

Milliy xavfsizlik qömitasi raisi Karim Masimov lavozimidan ozod etildi. Uning örnini Davlat qöriqlaş xizmati rahbari bölib işlab kelayotgan Yermek Sagimbayev egalladi.

Davlat qöriqlaş xizmati rahbari örinbosari — Prezident xavfsizlik xizmati rahbari lavozimlarida işlagan Saken Isabekov esa Respublika davlat qöriqlaş xizmati rahbari etib tayinlandi. 

×