1 yanvardan boşlab tarixdagi eng yirik savdo kelişuvi kuçga kirdi

1 yanvardan boşlab tarixdagi eng yirik savdo kelişuvi kuçga kirdi

U Xitoy atrofida 14 davlatni birlaştiradi.

2022 yil 1 yanvardan boşlab tarixdagi eng yirik savdo kelişuvi kuçga kirdi. U sayyoradagi har uçinçi odamning daromadlari ösişiga kömak hamda globalizatsiya tarafdorlariga jahon savdosi jonlanişiga umid berişi mumkin.

RCEP – Regional Comprehensive Economic Partnership (Mintaqaviy köp tomonlama iqtisodiy hamkorlik) kelişuvi Xitoy hamda Osiyo-Tinç okeani mintaqasidagi köplab yirik iqtisodiyotlarni, xususan, Janubiy Koreya, Yaponiya va Avstraliya kabi 15 mamlakatni birlaştiradi. Dunyoning AQŞ va YEIdan keyingi uçinçi iqtisodiyoti bölgan Xitoy öz tarixida heç kim bilan, ayniqsa, aşaddiy raqobatçisi bölgan Yaponiya bilan bu kabi köp tomonlama savdo kelişuviga erişmagan edi.  

Şu bilan birga 2020 yil noyabrida imzolangan uşbu şartnoma Pekinning asosiy xomaşyo yetkazib beruvçisi bölgan Avstraliya bilan munosabatlarning sovuqlaşişiga xalal bermadi. Xitoy Kanberraning Covid-19 kelib çiqişi böyiça suriştiruv ötkaziş talabini oğir qabul qildi hamda hozirga qadar Avstraliya kömir, ğalla, göşt hamda vinolariga nisbatan boykot joriy etib keladi.

Şunday bölsa-da, yangi savdo bloki Pekinning dunyodagi siyosiy pozitsiyasini kuçaytiradi. U özining asosiy raqibi aqş, eng avvalo uning sobiq prezidenti Donald Tramp tufayli eng yirik kelişuv markazida bölib qoldi.

Gap şundaki, RCEP taşkil etilişi töğrisida muzokaralar ketayotgan bir paytda uning yirik iştirokçilari Yaponiya, Avstraliya va Yangi Zelandiya Vaşington bilan bundanda ilğor savdo bloki tuziş böyiça iş olib borayotgandi. Agar bu loyiha işga tuşganda, nafaqat AQŞ, balki Şimoliy Amerikaning boşqa davlatlari, xususan, Kanada ham unda iştirok etgan bölardi.

Ammo Tramp bu ğoyani rad etdi va AQŞni muzokaralardan olib çiqdi. Bu esa RCEP taşkil etilişini tezlaştirdi.

Kelişuv Osiyodagi savdo hamkorlarining özaro bozorlariga kirişiga va tovarlarga qöyilgan boj miqdori kamayişiga yordam berişi mumkin. Bu esa öz navbatida iqtisodiy öziş va turmuş tarzi oşişiga olib keladi. RCEP boşqa davlatlar uçun oçiq blok, eng avvalo unga Hindiston qöşilişi kutilmoqda.

Şu bilan birga, qançalik yirik bölmasin, unda ayrim nozik jihatlar mavjud. U Laos kabi kambağal va Yangi Zelandiya kabi boy, Xitoy kabi kommunistik va Yaponiya kabi post-imperial turli iqtisodiyotlarning murakkab integratsiyasi yölidagi dastlabki qadam hisoblanadi. U sayyoradagi boşqa katta erkin savdo zonalariga nisbatan mustahkam asoslarga ega emas.

Xususan, uşbu kelişuv işçilar huquqi masalasiga töxtalmaydi. Şuningdek, turli davlatlarga atrof-muhit va intellektual mulkni himoya qilişga turliça yondaşişga ruxsat beradi.

“Cavdo kelişuvi haqiqatdan ham juda yirik, uni tuziş böyiça muzokaralar qariyb ön yil davomida olib borildi. Ammo uning aʼzo davlatlar iqtisodiyotiga taʼsiri çegaralangan. Sababi ularning aksariyati boşqa savdo ittifoqlariga aʼzo.

Ammo RCEP’ning farq qiluvçi jihatlari ham bor: u murakkab diplomatik aloqalarga ega davlatlarni, masalan, Xitoy va Yaponiyani özida birlaştirgan”, – deydi BBC’ning Osiyodagi biznes muxbiri Mariko Oy.   

Bundan taşqari, RCEP davlatlarga savdo siyosatining bir qismini mustaqil hal qilişga monelik qilmaydi. Bu şuni anglatadiki, Yaponiya yoki Xitoy bundan keyin ham öz içki bozorini turli bojlar bilan himoya qilişi va kelişuvda belgilangan erkin savdoni çeklaşi mumkin. Mojarolarni hal qilişning umumiy mexanizmi ham işlab çiqilmagan.

Teglar:
×