Vazirlar Mahkamasi “Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari xodimlarini rağbatlantiriş jamğarmasi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarorni qabul qildi.
Prezidentning «Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari xodimlarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoniga muvofiq yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari xodimlarini rağbatlantiriş jamğarmasi taşkil etilgan.
Quyidagilar jamğarma mablağlarini şakllantiriş manbalari etib belgilangan:
fuqarolar özini özi boşqariş organlarining yillik mehnatga haq tölaş jamğarmasining (moddiy rağbatlantiriş maxsus jamğarmasi mablağlarini inobatga olmagan holda) 10 foizi miqdoridagi byudjet mablağlari;
xalq deputatlari tuman (şahar) kengaşlari qarorlariga asosan ajratiladigan mahalliy byudjetlar qöşimça manbalarining 3 foizi miqdoridagi ajratma;
fuqarolarning özini özi boşqariş organlarining mol-mulkini belgilangan tartibda ijaraga berişdan olingan mablağlar;
homiylik mablağlari;
qonunçilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boşqa manbalar.
Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari xodimlarini rağbatlantiriş jamğarmasi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni nazarda tutadi:
jamğarma mablağlarining şakllantirişning asosiy manbalari va uşbu mablağlardan foydalanişning maqsadi;
jamğarma mablağlari hisobidan xodimlarga har oylik ustamalar belgilaş va tölaş, şuningdek, ularni mukofotlaş va ijtimoiy himoya qiliş tartibi;
tuman (şahar) mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi tomonidan jamğarma mablağlarining hisobi va hisobotini yuritiş, jamğarma mablağlaridan oqilona va maqsadli foydalanilişini nazorat qiliş.
Jamğarma mablağlari hisobidan şaxsiy va rağbatlantiruvçi ustamalar tölaş Vazirlar Mahkamasining «Fuqarolar yiğinlari faoliyati samaradorligini baholaşning reyting tizimini takomillaştiriş töğrisida»gi qaroriga muvofiq amalga oşiriladi.
Xususan, xodimlar reyting tizimiga asosan kelgusi çorak davomida 50 foizdan 100 foizgaça har oylik ustamalar oladi.









