Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov 20,4 mlrd söm sarflangan Urganç şahridagi “Perinatal markazini qayta taʼmirlaş” obʼektini foydalanişga qabul qiliş böyiça hududiy davlat komissiyasi raisini özgartirdi.
Viloyat hokimi qarori bilan Urganç şahridagi “Perinatal markazini qayta taʼmirlaş” obʼektini foydalanişga qabul qiliş komissiyasi raisi B.Qurbonov bilan boş pudratçi taşkilot rahbari örtasida affillanganlik xususiyatiga ega aloqalar mavjud bölganligi sababli, uşbu obʼektni foydalanişga qabul qiliş hududiy davlat komissiyasi raisi qilib, Urganç şahar hokimi O.Xolboyev belgilandi.
Davlat komissiyasi (O.Xolboyev)ga belgilangan tartibda obʼektni örganib çiqiş, dalolatnomalarni rasmiylaştiriş va viloyat hokimligiga tegişli qaror loyihasini kiritiş topşirildi.
Maʼlumot uçun, Urganç şahridagi Perinatal markazini qayta taʼmirlaş uçun 20,4 mlrd söm ajratilgan. Davlat buyurtmasi uçun ötkazilgan tenderda esa tender komissiyasi raisi B.Qurbonovning ukasiga tegişli kompaniya ğalaba qozongan.









