Yurakning eng katta duşmani — qizil göştdir.
Yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirişda taomnomaga nafaqat mazkur tizim uçun foydali yeguliklarni kiritiş, balki zararli mahsulotlarni çiqarib taşlaş ham muhim, deya “La Vanguardia” ispan gazetasida yozadi kardiolog Pablo Kanepa.
Qizil göşt tarkibida töyingan yoğlar köp bölib, uni isteʼmol qilişni çeklaş, uning örniga mono- va yarim töyingan yoğlarni tanlagan maʼqul. Yonğoq, zaytun yoği, kungaboqar pistasi, avokado, baliqning ayrim turlari ularning manbai hisoblanadi.
Kardiolog taomnomaga göştning parhezbop turlari, masalan, tovuq göştini kiritişni maslahat beradi.
Bundan taşqari, nonuştaga yorma va pişiriqlarni, şuningdek, yarim tayyor mahsulotlarni — tayyor va muzlatilgan pirog, pitstsa, pastalarni yemaslik zarur. Bunday taom transyoğlarga boy bölib, “yomon” xolesterin darajasini oşiradi, vazn töplaşga olib keladi va yurak-qon tomir kasalliklari hamda ikkinçi tip diabet xavfini oşiradi.
Kanepa alkogolsiz energetik içimliklarni isteʼmol qilişni tavsiya etmaydi — ularning tarkibida kofeindan taşqari qand va zararli qöşimçalar bisyor.
Energetiklar nerv tizimiga tölqinlantiruvçi taʼsir körsatadi. Bu öz navbatida yurak muşagi bilan boğliq muammolarni keltirib çiqarişi mumkin.
Kardiolog yuqori qon bosimi bilan boğliq xavf-xatarlarning oldini oliş uçun tuz isteʼmolini çeklaşni taʼkidlagan. U Jahon Soğliqni Saqlaş Taşkiloti tavsiyasiga köra, kunlik tuz meʼyori ikki grammdan oşmasligi zarurligini yodga soladi.
Amerika kardiologiya assotsiatsiyasi bu meʼyorni 1,5 grammgaça qisqartirişni maslahat beradi. Kanepaning aytişiça, tayyor taomda 1 grammgaça tuz böladi, şu bois kunlik dozani oşirib yuboriş juda oson.
Şifokorning sözlariga köra, alkogoldan ham boş tortiş kerak. Çunki u yurak töxtab qolişi, miokard infarkti, şuningdek, miya şikastlanişi xavfini oşiradi. Şuningdek, qaymoq va sariyoğ isteʼmolini çeklaş foydadan xoli bölmaydi, deydi kardiolog.
Kanepaning taʼkidlaşiça, yurak-qon tomir tizimini nazorat qilayotgan odamlar, yaxşisi, göşt isteʼmoli çeklangan, meva-sabzavotlar, yonğoq, dukkaklilar, baliq va zaytun yoğiga boy Örta Yer dengizi parhezini tanlaganlari maʼqul. Şuningdek, har kuni 45 daqiqa jismoniy faollikka vaqt ajratiş va zararlarni odatlarni taşlaş muhim.









