Harbiylar aholiga havodan hujum qildi

Harbiylar aholiga havodan hujum qildi

Myanmada harbiylar Tailand bilan çegaradoş hududda joylaşgan aholiga havodan hujum uyuştirdi. Havodan yoğdirilgan oğir artilleriyadan qoçgan minglab odamlar çegarani buzib, Tailandga qoçib ötgan.

Keça, 23 dekabr kuni tunda hukumat harbiylari Karen Milliy Ittifoqi (KMI)ning qurollangan siyosiy guruh aʼzolari joylaşgan Lay Kay Kav qişloğiga qarata havodan 2 ta oğir artilleriya taşlagan. Hukumatdan mustaqillikni talab qilib kelayotgan KMI rasmiylariga köra, hujumlar 24 dekabr kuni ham davom etgan. 

Tailand Taşqi işlar vazirligining rasmiy maʼlumotiga köra, ötgan hafta Myanma harbiylari va KMI örtasida qayta alanga olgan töqnaşuvlar ortidan 4 200 dan ortiq kişi Tailandga qoçib ötgan. Fuqarolik jamiyati guruhlari esa qoçoqlar soni 10 000 dan ortiq ekanligini bildirmoqda. 

Milliy Ittifoq va hukumat örtasida özaro ziddiyat, joriy yilning fevral oyida, KMI mamlakatda yana bir mustaqillikni talab qilib öz hukumatini saylagan Aung San Su Çji guruhiga harbiylar hujumidan boşpana taklif qilişi ortidan boşlangan. 

Myanmadagi mustaqil OAVga köra, hukumat harbiylari 30-60 kişini qölga olgan. Ularning orasida, Aung San Su Çji demoktariya uçun milliy ligasining rasmiy aʼzosi ham bor. 

Bundan sal avval, Karen Milliy Ittifoqi BMTni hukumatga qarşi muxolifat joylaşgan Lay Kay Kav hududini uçiş taqiqlangan zona deb eʼlon qilişga çaqirgan edi.

 

Gumanitar muloqot markazining Osiyo böyiça direktori Maykl Vatikiotis “Al-Jazira”ga bergan intervyusida Myanma hukumatini mamlakatda muvozanatni qöldan çiqarganlikda va mustaqil guruhlarning hujumlariga qarşi tura olmaslikda ayblagan. Vatikiotisga köra, uşbu vaziyatda Tailand qoçqinlar uçun yordam karidori oçişi haqida xalqaro hamjamiyat bosimlari ostida qolmoqda. 

"Biz bu muammo yanada yomonlaşişi va Tailand bu odamlarni ortga qaytarib yuborişidan xavotirdamiz", deya qöşimça qilgan u.

Uning sözlariga köra, Myanmada yillardan buyon davom etib kelayotgan hukumat va mustaqil guruhlar örtasidagi töqnaşuvlar ortidan 1 300 dan ortiq odam qurbon bölgan. 

Bundan taşqari, 2017 yil avgust oyida, Rohinga etnik guruhiga nisbatan uyuştirilgan şafqatsizliklar ortidan 700 000 ming kişi mamlakatni taşlab qoçişga majbur bölgan. Rasmiy maʼlumotlarga köra, milliondan ortiq aholi Bangladeş bilan çegara hududida qoçoq sifatida kun keçirmoqda.

Maʼlumot uçun, Karen Milliy Ittifoqi (KMI) 1949 yilda hukumatga qarşi tuzilgan siyosiy taşkilordir. Ular Karen millatiga mansub aholining xavfsizligi uçun Karen Milliy ozodlik armiyasini ham tuzgan. 2012 yilda Myanma hukumati va KMI örtasida sulh imzolangan. Ammo, hali ham davom etib kelayotgan özaro töqnaşuvlar hujjat amalda kuçga ega emasligini körsatmoqda.

×