Bugun, 24 dekabr kuni Özbekiston hududining katta qismida iliq va quruq ob-havo bölişi kutilmoqda. Havo harorati 8-13° iliqni taşkil etadi. Respublikaning şimoliy hududlariga sovuq antitsiklon kirib kelişi boşlanadi, bu hududlarning baʼzi joylarida qor yoğadi, şamol tezligi 17-22 m/s gaça kuçayişi mumkin, harorat kunduzi 2° sovuq-3° iliqdan yuqori bölmaydi.
Ertaga, 25 dekabr kuni respublikaning barça hududlariga antitsiklon kirib keladi, Qoraqalpoğistonda, Xorazm viloyatida baʼzi joylarda qor yoğadi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida baʼzi joylarda yomğir yoğadi, qorga aylanişi mumkin, Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qaşqadaryo viloyatlarida kunning ikkinçi yarmida baʼzi joylarda yomğir yoğadi. Faqat Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farğona viloyatlarida yoğingarçilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda şamol tezligi 17-22 m/s gaça kuçayadi. Harorat keçasi 0-5° iliqni, kunduzi 5-10° iliqni, şimolda keçasi 3-8° sovuqni, kunduzi 0-5° sovuqni taşkil etadi.
Yakşanba kuni mamlakatning barça hududlarida yoğingarçilik (yomğir qorga aylanadi) böladi, şimolda yoğingarçilik töxtaydi. Harorat keçasi va kunduzi 2° sovuq-3° iliqni, şimolda keçasi 9-14° sovuqni, kunduzi 0-5° sovuqni taşkil etadi.
27 dekabr kuni Özbekiston böyiça yoğingarçilik bölişi ehtimoli kam, keçasi harorat 3-8° sovuqqaça pasayadi, kunduzi 2° sovuq-3° iliqdan yuqori bölmaydi, uşbu kun uçun bölgan köp yillik qiymatlardan 5-7° ga kamdir.
Şu kunlarda respublika böyiça baʼzi joylarga tuman tuşişi mumkin.









