Toşkentdagi ikkita muhim yölda yuk maşinalari harakatini taqiqlaşmoqçi

Toşkentdagi ikkita muhim yölda yuk maşinalari harakatini taqiqlaşmoqçi

Toşkent şahri yöllarida tirbandlikning oldini oliş maqsadida yuk avtotransporti vazniga qarab şahar markaziga kiriş uçun çeklovlar joriy etiladi. Bu haqda Transport vazirligi tomonidan işlab çiqilgan “Toşkent şahar transporti va yöl-transport infratuzilmasini 2025 yilgaça rivojlantiriş kontseptsiyasi” loyihasida belgilangan.

Kontseptsiyada Toşkent şahri hududida yuk trancporti harakatiga maʼlum vaqt oraliğida çeklovlarni örnatiş böyiça Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 26 dekabrdagi “Özbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yöllarida xavfsizlikni taʼminlaş va taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga quyidagi özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida qaror loyihasini işlab çiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritiş belgilangan:

•  Toşkent şahri Nurafşon halqa aylanma yöli içida N2 (yuk taşiş uçun möljallangan, eng katta vazni 3,5 t dan ortiq, lekin 12 t dan oşmaydigan avtotransport vositalari. Masalan, Isuzu avtofurgonlari) va N3-toifadagi (yuk taşiş uçun möljallangan, eng katta vazni 12 t dan ortiq bölgan avtotransport vositalari. Masalan, davlatlararo yuk taşuvçi furgonlar) yuk transporti harakatlanişini çeklaş;

•  Toşkent şahri Kiçik halqa aylanma yöli içida N3-toifadagi yuk transporti harakatlanişini çeklaş;

•  Yuk transporti harakatini taqiqlovçi yöl belgilarini örnatiş.

Kontseptsiyaning mazkur bandi ijrosiga Transport vazirligi, Içki işlar vazirligi, Toşkent şahar hokimligi masʼul etib belgilangan.

×