Ijtimoiy tarmoqda TikTok’ning blokdan çiqarilgani, VPN’siz ham işlayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holatga oydinlik kiritiş uçun QALAMPIR.UZ naşri Axborotlaştiriş va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat böyiça davlat inspektsiyasi Matbuot kotibi Akbar Siddiqov bilan boğlandi.
Akbar Siddiqovning taʼkidlaşiça, TikTok ijtimoiy tarmoğidan foydalaniş uçun hamon çeklovlar mavjud bölib, u blokdan çiqarilmagan.
“TikTok hamon Davlat personallaştiriş markazi yuritadigan “Şaxsga doir maʼlumotlar subʼektlari huquqlarini buzuvçilar reyestri”da turibdi. Bu esa uning blokdan yeçilmaganini bildiradi. Qaçon u reyestrdan çiqarilsa, şunda blokdan çiqarilgan böladi”, deydi Akbar Siddiqov.









